Ona zaminni kelajak uchun asraymiz
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Ekologik harakati tomonidan “Medical Express” jurnali, “Zamona Rano” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Bog‘i nihol ziyo-fayz” fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda poytaxtimizdagi “SOS – bolalar shaharchasi”da “Ona yerimizni saqlaymiz – kelajak uchun” shiori ostida ekologik aksiya o‘tkazildi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik islohotlar jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi, ayniqsa, yoshlarda ona tabiatga nisbatan mehr va e’tiborni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-martdagi farmoyishiga muvofiq mamlakatimizda o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya sofligini ta’minlashdek ezgu an’analarni davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oylik doirasida o‘tkazilayotgan hasharlar, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda ta’lim maskanlari hamkorligida tashkil etilayotgan tanlovlar, ijodiy festivallar, ko‘rgazmalar o‘g‘il-qizlarda tabiatdan oqilona foydalanish tuyg‘usini shakllantirish, ularning ekologik bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. “Ona yerimizni saqlaymiz – kelajak uchun” aksiyasi shunday loyihalardan biridir.
Tadbirda atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, navqiron avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirish masalalari xususida so‘z yuritildi. Bog‘bon-mutaxassislar yoshlarga daraxt ekish tartibi, ularni parvarishlash, shakl berish, ko‘chatlarning turlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.
– Aksiyada tengdoshlarim bilan birga faol ishtirok etdik, ikki yuzdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chati o‘tqazdik, – deydi «SOS – Toshkent shahar bolalar mahallasi» tarbiyalanuvchisi Laylo Rahmatullayeva. – Tadbir davomida o‘zimizga kerakli ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik. O‘ylaymizki, bu bilimlar kelajakda bizga asqotadi.
Yoshlarning sa’y-harakatlari samarasida shaharcha hududida mo‘jazgina bog‘ barpo etildi. Obodlikka yo‘g‘rilgan bu xayrli tashabbusda o‘g‘il-qizlarning birdamligi, ahilligi, mehnatsevarligi, tabiatga bo‘lgan mehri o‘z ifodasini topdi.