“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 17 ta loyihani amalga oshiradi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-2019-yillarda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida tarkibiy o’zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida 17 ta loyihani amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Bu haqda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmatiga asoslanib Uzbekistan Today axborot agentligi xabar bermoqda.
Shulardan o’n ikkitasi yangi qurilishlar, beshtasi modernizatsiya va rekonstruksiya loyihalaridir.
Ana shu loyihalardan biri “Qalmoqqir” koni balansorti tashlama ma’danlarini qayta ishlashga jalb etish” loyihasidir. Ushbu loyihani hayotga tadbiq etishdan ko’zlangan asosiy maqsad har yili 4,0 million tonna ma’danlarni qayta ishlash hamda yiliga o’rtacha 4,9 ming tonna katodli mis ishlab chiqarishni nazarda tutgan holda "Qalmoqqir" koni balansorti ma’danlari tashlamalariga ilgari joylashtirilgan ma’danlarni qayta ishlashga jalb etishdir. Ushbu loyiha amalga oshishi bilan chiqindi miqdorini kamaytirish hisobiga mintaqada ekologik muhit yaxshilanadi. Yana bir muhim jihati shundaki, yangi ish o’rinlari yaratiladi va ikki yuzdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi.
“Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sement zavodi qurish” loyihaning asosiy maqsadi esa Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida xom-ashyo karyerlarini barpo etib, ishlab chiqarishda kombinatsiyalangan yoqilg’i (tabiiy gaz va toshko’mir)dan foydalangan holda yiliga 1,5 million tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan yangi sement zavodini qurishdan iborat.
Ushbu loyihada ko’zda tutilgan barcha jarayonlar yakunlanib, zavod ishga tushishi bilan yangi ish o’rinlari yaratiladi va ming kishi ish bilan ta’minlanadi.
Umumiy qiymati 2,457 million dollar bo’lgan mazkur loyihalar “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining o’z mablag’lari, O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi va tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
“Jahon” AA