Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oilaviy tadbirkorlik – farovonlik omili

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oilaviy tadbirkorlik – farovonlik omili

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida tadbirkorlik, ayniqsa, oilaviy biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tarmoqlar yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish va farovonligini oshirishda muhim omil bo‘layotir.

O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim ahamiyat kasb etib, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida shu yilning o‘tgan davrida Farg‘ona viloyatida yuzdan ziyod oilaviy korxona tashkil etildi.

Uchko‘prik tumani “Zig‘ir” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “Shukrona sanoat tekstl” oilaviy korxonasida tayyorlanayotgan yengil sanoat mahsulotlari zamonaviyligi va yuqori sifati bilan ichki bozorda o‘z o‘rnini topmoqda.

Tadbirkor Layloxon Mirahmedova rahbarlik qilayotgan korxona dastlab ikki tikuv mashinasi bilan ish boshlagan bo‘lsa, bugun import o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan yirik tikuvchilik tarmog‘iga aylandi. Korxona salohiyatini oshirishda mahalla faollarining maslahati va ko‘magi, tijorat bankining 60 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘i muhim omil bo‘layotir. Ayni paytda 20 nafar yosh mehnat qilayotgan korxonada mahalliy xomashyodan kattalar, ayollar va bolalar uchun o‘n turdan ziyod kiyim-kechaklar tikilmoqda.

– Yuz foiz paxta va ipak matodan tayyorlanayotgan mahsulotlarimiz sifati xorijnikidan aslo qolishmaydi, – deydi L.Mirahmedova. – Shu bois biz bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan savdo markazlari, kiyim-kechak do‘konlaridan ko‘plab buyurtmalar qabul qilinmoqda. Kelgusida mahsulotlarimizni xorijga eksport qilishni ham rejalashtirganmiz.

Mamlakatimizda yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan L.Mirahmedova oilaviy biznes daromadi hisobidan uy-joyini kengaytirdi, yengil mashina oldi, farzandlarini o‘qitib, uyli-joyli qildi. Birgina bu emas, shuningdek, hududga sanoatni olib kirish asnosida vaqtincha ishsiz yurganlar, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi oilaviy korxonalarning tashkil etilishi aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

www.uza.uz