OAVNI RIVOJLANTIRISHNING QONUNCHILIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida ekspertlar guruhining 3 ta ochiq muhokama yig‘ilishi tashkil etildi. Unda ekspertlar OAVni rivojlantirishning eng dolzarb masalalarini muhokama qilishdi, deya xabar beradi O’zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi axborot xizmati.
Xususan, ekspertlar guruhining 1-yig‘ilishida “OAVni rivojlantirishning qonunchilik asoslarini takomillashtirish va media sohasida huquqiy-normativ hujjatlar ijrosini ta’minlash” mavzusida muhokama bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mazkur tadbir doirasida OAV sohasidagi qonun loyihalari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash to‘g‘risidagi” Qonuni normalarini amalga oshirishning va ijrosi ta’minlanishi masalalarini muhokama qilishdi.
Tabdir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi va unda EXHTning OAVning erkinligi bo‘yicha Venadagi vakili, Litva Jurnalistlari uyushmasi raisi, Litva Radio Televidenyasi va milliy assotsiatsiyasi kengashi a’zosi Daynyus Radzyavichius ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi, O‘zEOVMA rahbarlari, ijodiy va texnik xodimlari, O‘zbekiston davlat va nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi deputatlari va boshqalar ishtirok etdilar.
Ushbu muhokama yig‘ilishidan ko‘zlangan maqsad va vazifalar teleradioeshittirish hamda OAV tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik choralarni muhokama qilish, ularning huquq va erkinliklarini kengaytirish va mustahkamlash hamda bu borada aniq takliflar qabul qilish, OAV qonunchilik bazasini takomillashtirish istiqbollarini belgilash, qabul qilingan qoununchilik hujjatlariga kiritilishi lozim deb topilgan dolzarb o‘zgartish va qo‘shimchalar ro‘yxatini ishlab chiqish, shuningdek yangi qonunlarni qabul qilish hamda kontseptsiyaning dolzarb bandlarini belgilab olishdan iborat.
“Jahon” AA