Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’zbekistonda bank aksiyalari savdosining hajmi salkam ikki baravarga ko’paydi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'zbekistonda bank aksiyalari savdosining hajmi salkam ikki baravarga ko'paydi

Bugungi kunda banklar fond birjasining eng faol va eng asosiy ishtirokchisi bo’lib qolmoqda.

Fond birjasi umumiy savdo aylanmasida tijorat banklari ulushining yuqoriligi bank qimmatli qog’ozlarining ishonchliligi, ular to’g’risidagi axborotlarning ochiqligi va investitsion jozibadorligidan dalolat beradi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.

Bu haqda “Toshkent” respublika fond birjasi axborot-tahlil bo’limi boshlig’i O’ktam Ochilov ma’lum qildi.

- Joriy yilning birinchi chorak yakunlariga ko’ra, tijorat banklarining “Toshkent” respublika fond birjasidagi umumiy savdo bitimlaridagi ulushi 95,6 foizni, yoki 52,3 milliard so’mni tashkil etdi, - dedi O’.Ochilov. - Ushbu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davrida 80,7 foizni, ya’ni 10,1 milliard so’mni tashkil etgan edi. Agar biz ushbu raqamlarni 2010-yil bilan solishtiradigan bo’lsak (49%), bank aksiyalari savdosi birja bitimlarining umumiy hajmida so’nggi besh yil ichida deyarli ikki baravar ortganligini ko’ramiz.

Respublika fond birjasi tijorat banklarining birja savdolarida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib kelmoqda. Birgina 2014-yilda fond birjasida savdo hajmi yuqori bo’lgan yirik 10 ta emitentning 9 tasini tijorat banklari tashkil etgani bunga misol bo’la oladi.

- Bizning tahlillarimiz fond birjasi savdolarida investor sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning tijorat banklari qimmatli qog’ozlariga bo’lgan qiziqishi va ishonchi yildan-yilga izchil oshib borayotganini ko’rsatmoqda, - dedi O’.Ochilov. - Xususan, 2014-yil davomida birja savdolari orqali jismoniy shaxslar investitsiyalarining 93,4 foizi, yuridik shaxslar investitsiyalarining 86,3 foizi aynan tijorat banklari qimmatli qog’ozlariga yo’naltirilgan.

Bundan tashqari, tijorat banklari REPO bitimlarini amalga oshirishda investor sifatida ishtirok etishlari mumkin. Ma’lumki, REPO bitimlari qimmatli qog’ozlarni garovga qo’yish yo’li bilan pul mablag’larini qarzga olishning ommabop usuli bo’lib, sarmoya kiritishning boshqa usullariga qaraganda xavfsiz hisoblanadi va investorlarning zarar ko’rish darajasini pasaytiradi.

- REPO bitimlarini tuzishda ham tijorat banklari va sug’urta kompaniyalari ulushi yuqoriligicha qolmoqda, - deb ta’kidladi O’. Ochilov. - Hozirga qadar fond birjasida 48 ta emitentning aksiyalari ishtirokida 84,1 milliard so’mlik 335 ta REPO bitimi amalga oshirilgan bo’lsa, uning 60 foizga yaqini ushbu moliya muassasalari ulushiga to’g’ri keladi.

Shu bilan birga, tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorida professional ishtirokchi sifatida qatnashish imkoniyatiga ham ega. Ular fond bozorida investitsiya vositachisi va maslahatchisi, aktivlarni ishonchli boshqaruvchi, transfer-agent va depozitariy sifatida namoyon bo’lmoqda. Buning uchun banklardan qimmatli qog’ozlar bozorida professional ravishda ishtirok etishi uchun alohida litsenziya talab etilmaydi.

Bugungi kunda 20 ta tijorat bankining qimmatli qog’ozlari birja savdolariga qo’yilgan bo’lib, ularning aksariyati birja listingining yuqori “A” toifasiga kiritilgan, - deya qo’shimcha axborot berdi fond birjasi mutaxassisi. - Mazkur banklarning qimmatli qog’ozlari birjada muntazam kotirovka qilinadi va ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.

Qimmatli qog’ozlar bozorining asosiy savdo maydoni hisoblangan “Toshkent” respublika fond birjasi tijorat banklarining birja savdolaridagi ishtirokini kengaytirish uchun ularning xorijiy investorlar va moliyaviy institutlar bilan o’zaro samarali hamkorligini rivojlantirish, tajribalarini o’rganish bo’yicha tadbirlarni tashkil etishda har tomonlama qulaylik yaratib boradi, deya ishonch bildirdi “Toshkent” RFB mutaxassisi O’. Ochilov.

“Jahon” AA