Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston va Turkiya: madaniy-ma’rifiy me’ros sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston va Turkiya: madaniy-ma'rifiy me'ros sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi delegatsiyasi Turkiyada ilmiy-amaliy safarda bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonlik olimlar Onado‘li tamaddunlar muzeyi, Milliy kutubxona, Ankara va Istanbul universitetlari, Turkiya qo‘lyozma asarlar tashkiloti, Sulaymoniya kutubxonasi, Turk-islom asarlari muzeyi, Istanbul xalq kutubxonasi, Islom hamkorligi tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi, boshqa qator muassasalarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasining Ankaradagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirlar doirasida Turkiyadagi universitetlar, kutubxonalar, muzeylar va arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekistonga oid madaniy-ma’rifiy boyliklar haqida yangi ma’lumotlar to‘plandi, mavjudlariga aniqliklar kiritildi va o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar natijasida mazkur muassasalar bilan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Xususan, Turk tili tashkiloti va Islom hamkorligi tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi bilan Anglashuv memorandumlari imzolandi.

Ilmiy safar davomida o‘zbek allomalarining Turkiyada saqlanayotgan qo‘lyozmalaridan 15 dan ortiq elektron nusxa olindi. Ular orasida, jumladan, Mahmud Zamaxshariy va Hakim Termiziy qalamiga mansub risolalar (Ankara universiteti kutubxonasi), Alisher Navoiyning hayotligi davrida (1485 yil) ko‘chirilgan “Badoye’ al-bidoya”, Abu Abdulloh Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” asarlari (Sulaymoniya kutubxonasi) bor.

Bundan tashqari Imom Buxoriyning 550 hijriy/1155 milodiy yilda ko‘chirilgan va hozir Sulaymoniya kutubxonasi jamg‘armasida saqlanayotgan “Sahih al-Buxoriy” qo‘lyozmasining nodir nusxasidan 2018 yil Turkiya yozma asarlar tashkiloti bilan Islom tadqiqotlari markazi tomonidan chop etilgan faksimile nashri olindi. Mazkur kitob O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasiga tantanali taqdim etiladi.

Delegatsiya a’zolari Sulaymoniya kutubxonasidagi tadqiqotlar davomida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Hafs Nasafiy, Abu Mu’in Nasafiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk bobokalonlarimiz qalamiga mansub 500 dan ortiq qo‘lyozmaning ilmiy tavsifini amalga oshirganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.

Safar davomida Islom hamkorligi tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi rahbari doktor Xalit Eren O‘zbekistondagi halqaro islom akademiyasiga qator adabiyotlarni taqdim etdi.

Turkiyaning yirik kutubxona va muzeylari jamg‘armalari bilan tanishuv natijasida mazkur muassasalarda O‘zbekiston madaniy-ma’rifiy boyligiga oid ko‘plab manbalar mavjudligi aniqlandi. Ularni aniqlash, kataloglashtirish, tadqiq qilish ishlarini muayyan tartib va tizim asosida muttasil davom ettirish choralari ko‘riladi.

ANKARA, 26 sentabr. /“Dunyo” AA/