Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON VA ISPANIYA IQTISODIY HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH TARAFDORI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON VA ISPANIYA IQTISODIY HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH TARAFDORI

Avval xabar qilinganidek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9 iyun kunlari Ostona shahrida bo’lib o’tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining sammitida ishtirok etdi. Tashrif doirasida boshqa mamlakatlar rahbarlari bilan birga EKSPO-2017 xalqaro ko’rgazmasining tantanali ochilish marosimida ham qatnashdi.

9 iyun kuni ushbu xalqaro yarmarka inauguratsiyasi chog’ida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Ispaniya Qiroli Filipp VI bilan muzokara o’tkazdi. Unda mamlakatlarimiz o’rtasida infratuzilmalar, transport va sayyohlik kabi sohalarda biznes loyihalarni amalga oshirish orqali o’zaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lumki, joriy yili O’zbekiston va Ispaniya o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganligining 25 yilligi nishonlandi. Mamlakatlarimiz hamkorligining bugungi holati, keng istiqbollari va salohiyatlari o’zaro aloqalarni yanada rivojlantirishning mustahkam poydevori hisoblanadi.

ShHT Davlat rahbarlari kengashining sammiti Ispaniya ommaviy axborot vositalarining ham diqqat markazida bo’ldi. Ularda Ostona uchrashuvlari va ikki tomonlama hamkorlikning imkoniyatlari haqidagi qator maqolalar e’lon qilindi.

Xususan, “EFE” axborot agentligi va “La Vanguardia”, “Eldiario”, “El Periodico”, “El Mundo Financiero” nashrlari sahifalarida respublikamizning zamonaviy taraqqiyoti tamoyillariga alohida urg’u bergan holda davlat rahbarlari suhbati yakunlari bo’yicha maqolalarni e’lon qildi.

“O’zbekiston yangi muhim infratuzilma yo’llarini barpo etish maqsadida Xitoy va boshqa davlatlar tashabbusi bilan ilgari surilgan Yevropa va Osiyoni bog’laydigan Buyuk Ipak yo’li iqtisodiy loyihasining muhim qismi bo’lgan mamlakatlardan biri hisoblanadi, - deb yozadi nashrlar. Ispaniya hukumati O’zbekiston tomonidan, shu jumladan, Buyuk Ipak yo’lining iqtisodiy belbog’i loyihasi doirasida taklif qilinayotgan sarmoyaviy imkoniyatlarni amalga oshirishdan manfaatdordir.

Nashrlar konstruktiv suhbatning nozik tomonlarini yoritar ekan, uchrashuv chog’ida futbol haqida ham so’z yuritilganini qayd etgan. Ta’kidlanishicha, ushbu mavzu muzokaralarni yanada jonlantirishga xizmat qilgan.

Shuningdek, Ispaniya ommaviy axborot vositalari 2016 yili mamlakatimizda bo’lib o’tgan Prezident saylovi yakunlari va bugungi kunga qadar respublikamizda amalga oshirilgan keng ko’lamli o’zgarishlar xususidagi ma’lumotlarni ham qalamga olgan.

“Jahon” AA, Madrid