O’ZBEKISTON TENNISCHILARINING G’ALABASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Devis kubogi”ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruh ikkinchi bosqich uchrashuvida O’zbekiston milliy terma jamoasi tennischilari Janubiy Koreya vakillarini 3:2 hisobida mag’lubiyatga uchratdi, deb xabar beradi O’zA.
1900 yildan buyon muntazam o’tkazib kelinayotgan “Devis kubogi” terma jamoalar ishtirok etadigan eng nufuzli musobaqadir. O’zbekiston terma jamoasi jahon ligasining pley-off bahsida ishtirok etadigan sakkiz terma jamoadan biriga aylandi.
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o’tgan musobaqaning yakkaliklar o’rtasidagi dastlabki kungi bahslarida tennischimiz Denis Istomin Seong Chan Xongni 6:2, 6:2, 6:3 hisobida mag’lubiyatga uchratgan bo’lsa, Farrux Do’stov Chun Xyonga 6:7, 6:4, 6:3, 7:6 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Qoidaga binoan musobaqaning ikkinchi kunida juftliklar bahsi o’tkazildi. Unda Denis Istomin va Farrux Do’stov juftligi Ji Sung Nam va Min Kyu Songga qarshi kortga chiqdi. Keskin kurashlarga boy o’tgan uchrashuvda hamyurtlarimiz 6:2, 7:5, 7:6 hisobida g’alaba qozondi.
“Devis kubogi”ning so’nggi kunida Denis Istomin va Chun Xyonga qarshi kortga chiqdi. Bahsning birinchi setini 6:1 hisobida o’z foydasiga hal etgan tennischimiz ikkinchi setda 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq raqibi bahsni davom ettirishdan bosh tortib, mag’lubiyatini tan oldi. Hamyurtlarimiz o’z oldiga qo’yilgan vazifani muddatidan oldin uddalagani bois so’nggi o’yinda yosh iste’dodli tennischi Temur Ismoilovning imkoniyati sinovdan o’tkazildi. Biroq tennischimiz Seong Chan Xongga qarshi o’tgan uchrashuvda mag’lubiyatga uchradi.
Shu tariqa O’zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o’rtasidagi uchrashuv 3:2 hisobida hamyurtlarimiz foydasiga yakunlandi.
"Jahon" AA