Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON TASHQI ISHLAR VAZIRINING VATANDOSHLAR BILAN TO‘G‘RIDAN-TO‘GRI MULOQOT O‘TKAZISHIGA DOIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON TASHQI ISHLAR VAZIRINING VATANDOSHLAR BILAN TO‘G‘RIDAN-TO‘GRI MULOQOT O‘TKAZISHIGA DOIR

Avval xabar qilinganidek, 2017-yilning 5-iyul kuni soat 14.00 dan 16.00 gacha tashqi ishlar vazirining vatandoshlar, jumladan xorijdagi hamyurtlar bilan to‘g‘ridan-to‘gri muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Hozirda Vazirlik Xalqaro press-klub, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy teleradiokompaniya hamda Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda muloqotni yuqori darajada tashkillashtirish, fuqarolarimiz manfaatlariga daxldor masalalarni o‘z vaqtida yechish uchun tizimli ishlarni olib bormoqda.

Vatandoshlarimizdan bizning manzilimizga kelib tushayotgan savollarning mazmuni va xarakteridan kelib chiqqan holda tadbirda mamlakatimiz vakolatli idoralari – Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi mutaxassislarining ham ishtirok etishlari kutilmoqda.

Muloqotga jamoatchilik, milliy va xorijiy OAV vakillari ham taklif etiladi.

Videokonferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish ishiga barcha xorijdagi vakolatxonalarimiz jalb qilingan. Hozirgi kunda ular zarur texnik qurilma va videoapparatura moslamalari bilan to‘liq ta’minlangan.

Vatandoshlarimizning xohishlariga binoan va Toshkent shahri bilan vaqtdagi bir necha soatlik tafovutni inobatga olgan holda ayrim elchixona va bosh konsulxonalar tomonidan fuqarolar murojaatlari tasvirga olindi va ular tashqi ishlar vazirining to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti doirasida namoyish etiladi.

Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi muassasalarga kelib tushgan murojaatlar diqqat bilan o‘rganilmoqda va ularning ba’zilari yuzasidan aniq qarorlar qabul qilindi hamda arizachiga o‘z vaqtida ma’lum qilindi.

Savollar miqdorining kattalini va muloqotga ajratilgan vaqtning cheklanganligini inobatga olib, videokonferensiyada e’lon qilinmagan murojaatlar bo‘yicha arizasiga asosli javob beriladi.

Yana bir bor eslatib o‘tamiz: hamyurtlarimiz matn, audio va video ko‘rinishdagi o‘z savollarini Prezidentning virtual qabulxonasiga, tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasiga, muloqot@tiv.uz rasmiy elektron manziliga, shuningdek, TIVning “Facebook”dagi rasmiy sahifasi va “Telegram”dagi kanalga oldindan jo‘natishlari mumkin.

www.mfa.uz