O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRI ABDULAZIZ KAMILOVNING “MARKAZIY OSIYO – BMT” YUQORI DARAJALI MULOQOTI UCHRASHUVIDA SO‘ZLAGAN NUTQI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

(Ashxobod shahri, 2017-yil 13-iyun)
Hurmatli janob Bosh kotib!
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Xonimlar va janoblar!
Avvalo, Bosh kotib janob Antoniu Guterrishga ayni paytda dolzarb va muhim bo‘lgan mazkur uchrashuvga taklif qilgani uchun minnardorlik izhor etishga ijozat bergaysizlar.
Hurmatli Bosh kotib,
Biz BMTning muvofiqlashtiruvchi rolini va Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazning terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashdagi faoliyatini yuqori baholaymiz. BMT bilan o‘zaro manfaatli va har taraflama munosabatlarni yanada mustahkamlashga tayyormiz.
O‘zbekiston Global aksilterror strategiyasining qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi hamda terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 14 ta xalqaro konvensiya va bayonnomalarni ratifikatsiya qildi.
2000-yilda Nyu-York shahrida o‘tgan Ming yillik sammitida e’lon qilingan BMT huzurida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro markazni tashkil etish tashabbusi respublikaning terrorizm bilan kurashish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarga qo‘shgan muhim ulushi hisoblanadi. Bu g‘oya BMT Xavfsizlik kengashining terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi tashkil etililishida o‘z aksini topdi.
BMTning xalqaro terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli konvensiyasi tez fursatlarda qabul qilinishi tarafdorimiz hamda Sizning 22-fevralda ilgari surgan BMTda yangi Terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmani tuzish borasidagi tashabbusingizni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Hurmatli uchrashuv qatnashchilari,
Mamlakatimiz mustaqillikning dastlabki yillaridanoq terrorizmning g‘oyaviy asosi bo‘lgan diniy ekstrimizmga qarshi kurashish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga kirishdi.
Radikalizatsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari O‘zbekistonning milliy qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida mustahkamlanib qo‘yildi. Konstitutsiya va normativ hujjatlarda diniy ekstrimizm va terrorizm tinchlik va insoniyatga, shuningdek jamoat xavfsizligiga qarchi qaratilgan jonoyat deb e’tirof etilgan.
Kundan kunga kuchayib borayotgan radikallashuv muammosi haqida gapira turib, quyidagilarga to‘xtalib o‘tishni istar edim.
Birinchidan, yoshlar radikallashuvining bosh va muhim sabablaridan biri – sifatli ta’lim olish imkoniyatining yo‘qligi. Faqat yoshlarni ma’rifat, ta’lim berish va ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, ularda bilim va o‘z ustida ishlab, kamolotga intilishni shakllantirish orqali taraqqiyot, ezgulik va bag‘rikenglikka erishish mumkin. Prezident Sh.M.Mirziyoyev Ostona shahridagi ShHT Sammitida aynan shu to‘g‘risida gapirdi.
Bizning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligimiz “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” shiori ostida o‘tmoqda. Mazkur shior Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016-yil oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan IHT a’zo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ishtirokchilariga murojaati chog ‘ida taklif qilingan.
Islomning haqiqiy insonparvarlik ruhini ochishdagi respublikaning amaliy hissasi sifatida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Toshkent shahrida shiori “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” bo‘lgan Islom madaniyati markazi tashkil etiladi.
Ikkinchidan, so‘ngi vaqtlarda nohukumat tashkilotlar, OAV, televideniye, kinoindusriyadan foydalanish, madaniyat va san’at faollarini jalb qilish oqrali keng qamrovli va ma’rifiy tushuntirish ishlarini olib borish katta ahamiyat kasb etmoqda. Bundan maqsad diniy ekstremizmning har qanday shakliga toqat qilmaslik muhitini yaratishdir.
Uchinchidan, diniy ekstremizmga faqatgina muqaddas islom kitoblari va ilmlarini to‘g‘ri sharhlash orqali kuchli, dalilli va ilmiy asoslangan mafkura bilan barham berish mumkin.
Prezident Sh.M.Mirziyoyev Samarqanddagi Imom Buxoriy memorial majmuasi huzurida nafaqat islom madaniyati va ilfm-faniga, balki butun insoniyat tamaddunining rivojiga cheksiz hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning serqirra diniy-ma’naviy meroslarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markazini tuzish tashabbusi bilan chiqdi.
Mazkur markaz ishida Markaziy Osiyo davlatlari din vakillarini faol ishtirok etishlariga umid qilamiz.
To‘rtinchidan, millatlararo ahillikni ta’minlash, insonlar farovonligini oshirish va xalq bilan tizimli muloqot aholining radikallashuvini oldini olishning muhim omillari hisoblanadi.
O‘zbekistonda diniy totuvlik tushunchasi diniy uyg‘unlik va ochiqlik muhitiga aylangan. Boshqacha qilib aytganda bizning birligimiz xilma-xillikdadir.
Biz bandlikni ta’minlash, avvalo kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, shuningdek, terrorchilar aldoviga ko‘proq moyil bo‘lgan hududlarda insonlar hayot darajasi va sifatini ko‘tarish uchun uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirishga asosiy e’tiborimizni qaratmoqdamiz.
Respublikasimizda 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi va mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning Xalq qabulxonalari yaratildi. Janob Guterrish shu yilning 10-iyun kuni o‘z tashrifi davomida Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Hurmatli Bosh kotib,
Yil boshida Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Unda mavjud barcha tahdidlardan kelib chiqib Markaziy Osiyo mintaqasi ustuvor yo‘nalish etib belgilangan.
Terrorizm va ekstremizm bilan kurashish bo‘yicha mamlakatlarimizning qonunni himoya qilish tizilmalari o‘rtasida hamkorlik mexanizmi o‘rnatilgan. Mintaqaviy markaz ushbu faoliyatga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.
Shu sababdan biz Markaz rahbarining “Markaziy Osiyoda Aksilterror strategiyasini tadbiq etish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi (QHR)”ning uchinchi fazasi bo‘yicha taklifini diqqat bilan o‘rganamiz. Shu o‘rinda mintaqaning barcha davlatlarining real manfaatlari va ehtiyojlarini inobatga olish maqsadida mutahasislarimizga QHRni amalga oshirish mexanizmi ustida ishlash topshirig‘i berilishini taklif etamiz.
Aksilterror strategiyasini amalga oshirishga muhim hissa qo‘shish maqsadida Samarqand shahrida noyabr oyida BMT bilan hamkorlikda mintaqada xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash muammolari bo‘yicha yuqori darajadagi Xalqaro konferensiyani o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Unda BMT rahbariyati va qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining shaxsan ishtirok etishlariga umid qilamiz.
E’tiboringiz uchun rahmat.