O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi ochiladi.
Kuni kecha Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib, unda ishchi guruh rahbarining bo‘lg‘usi yalpi majlisni o‘tkazishga tayyorgarlik to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Senat qo‘mitalarining raislari so‘z olib, qo‘mitalarning o‘tkazilgan majlislari haqida hamda ikkinchi yalpi majlisga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan qonunlarga doir xulosalarning, boshqa masalalarga oid qaror loyihalarining tayyorligi to‘g‘risida ma’lumot berdilar, yalpi majlis ishini tashkil etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Kengash majlisida ta’kidlanganidek, Senatning bo‘lajak yalpi majlisida 17 ta masala, shu jumladan, 7 ta qonun ko‘rib chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Senatning bu galgi yalpi majlisining o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u mamlakat Prezidenti tomonidan Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida hamda parlament palatalarining qo‘shma majlisida bildirilgan fikrlar asosida tashkil etilib, Senatning 2015-yil va kelgusi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi ijrosini ta’minlashga doir keng ko‘lamli vazifalar amalga oshirila boshlanganligini anglatadi.
Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritilayotgan, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarini izchil isloh qilish va erkinlashtirishga, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining dolzarbligi va muhimligini senatorlar alohida ta’kidlab o‘tdilar.
«Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi, «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda), «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda),«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidan bo‘lib, ularda investitsiyalar va ishchanlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, hokimiyat vakillik organlarining nazorat funksiyalarini kuchaytirish, sud-huquq sohasini takomillashtirish, fuqarolar sog‘lig‘i asralishini, axborot xavfsizligini ta’minlash nazarda tutilmoqda.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishga doir qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, Senat a’zolari yalpi majlisda konstitutsiyaviy vakolatlariga muvofiq mamlakat qator muassasa va idoralarining 2014-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadilar.
Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati