O‘zbekiston Prezidenti OIIB bilan strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szou Szyai boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi ushbu nufuzli ko‘p tomonlama moliyaviy institut rahbarini lavozimga kirishgani bilan samimiy tabrikladi.
O‘zbekistonning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan strategik sherikligini kengaytirishning amaliy masalalari atroflicha muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda bank bilan ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Amaldagi va istiqbolli qo‘shma loyihalar portfeli 7 milliard dollardan oshdi. O‘tgan yilning o‘zida moliyalashtirish hajmi 1 milliard dollardan ziyodni tashkil etdi.
O‘zbekiston Prezidenti xususiy sektor, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish va ilgari surish, kambag‘allikni qisqartirish dasturini amalga oshirishga ko‘maklashish, muqobil energetika, energiya samaradorligi, suv ta’minoti, ijtimoiy xizmatni rivojlantirish kabi ustuvor sohalarda samarali hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
OIIBning mintaqaviy ahamiyatga ega yirik infratuzilmaviy loyihalarda faol ishtirok etishi muhimligi ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Szou Szyai mamlakatimizdagi o‘zgarishlar ko‘lamini yuqori baholab, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini bildirdi.