Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON “PREMIER VISION” VA “TEXWORLD” XALQARO KO’RGAZMALARIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON “PREMIER VISION” VA “TEXWORLD” XALQARO KO'RGAZMALARIDA

“O’zbekengilsanoat” AJ, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati hamda mamlakatimizning qator tikuvchilik korxonalari vakillaridan iborat O’zbekiston delegatsiyasi Parijda bo’lib o’tgan “Premier Vision” va “TexWorld” xalqaro ko’rgazmalarida ishtirok etdi.

Mazkur tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad 2018-yilda gazlama va trikotaj matolar ranglarining majmui, tuzilishi va uslublarini belgilash bilan izohlanadi. Dunyoning 50 dan ziyod mamlakati vakillari ishtirok etgan “Premier Vision” ko’rgazmasida Italiya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya va Turkiya kompaniyalarining vakillari modaga doir asosiy rusum va yo’nalishlarni ilgari surdilar. Ko’rgazmada rang-barang liboslar tikishga mo’ljallangan turli andozalardagi materiallar namoyish etildi.

2018-yil uchun tavsiya etilgan har xil naqshinkor matolar orasida adrasda aks etgan an’anaviy o’zbekona jilo berish uslubining ham mavjudligi “Premier Vision” ko’rgazmasining asosiy o’ziga xosligi bo’ldi. Mutaxassislarning fikr bildirishlaricha, nufuzi yuqori libos namoyishlari va ko’rgazmalarda o’zbekistonlik chevarlarning faol ishtirok etayotgani hamda respublikamizda o’zbek madaniyati, san’ati va milliy an’analari asosidagi moda industriyasining tobora rivojlanib borayotgani bunga ko’maklashdi.

1997-yildan buyon an’anaviy ravishda har yili o’tkazib kelinadigan “TexWorld” Xalqaro ko’rgazmasi Yevropa va Osiyo bozorlari uchun mo’ljallangan. Namoyish etilgan mato-gazlamalar majmui zamonaviy to’qimachilik va trikotaj sanoatida materiallarning sifati, bo’yalishi va so’nggi ishlov berilishiga katta e’tibor qaratilayotganini ko’rsatdi. Shu boisdan ham ushbu tadbir O’zbekiston to’qimachilik biznesi vakillariga ranglar majmuini to’g’ri tanlash, sifatli bo’yash, matolarga ko’rkamlik bag’ishlash bilan bog’liq masalalarni chuqur tahlil etish imkonini berdi.

Ko’rgazmalar doirasida respublikamiz delegatsiyasining Vyetnam, Hindiston, Xitoy, Turkiya, Fransiya va boshqa mamlakatlar kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Shuningdek, Fransiyaga safar doirasida O’zbekiston yengil sanoati sohasining vakillari Parij Xalqaro bichish akademiyasi prezidenti Jan-Filipp Vokler bilan ham uchrashdilar. O’zaro muloqot chog’ida mamlakatimizdagi manfaatdor muassasalarning mazkur akademiya bilan hamkorlik qilishi mumkin bo’lgan yo’nalishlari muhokama etildi va belgilab olindi. Mazkur akademiya vakillarining O’zbekistonga safarini tashkil etish bo’yicha ham kelishuvga erishildi.

“Jahon” axborot agentligi uchun bergan intervyusi chog’ida Jan-Filipp Vokler quyidagi fikrlarini bayon etdi:

— Biz o’z akademiyamizda O’zbekiston delegatsiyasini qabul qilganimizdan mamnunmiz. Mana 30 yildan oshdiki, kiyim-kechak modellari ustalariga malakali ta’lim berib kelmoqdamiz.

Bugungi uchrashuv chog’ida biz O’zbekiston tikuv industriyasi uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi o’zaro hamkorlikning istiqbollarini muhokama etdik. O’zimizning katta tajribamizdan kelib chiqqan holda, mutaxassislar ta’limini Parijda, ya’ni akademiyamizda hamda Toshkentda (ilm dargohimiz o’qituvchilari O’zbekiston poytaxtiga boradi) tashkil etishni taklif qilamiz.

Biz to’qimachilik va tikuvchilik sanoati rivojlanishini, shu jumladan, O’zbekiston moda industriyasida ro’y berayotgan o’zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib boramiz. O’z tajribalarimizni o’zbek kasbdoshlarimiz bilan o’rtoqlashishdan biz behad mamnun bo’lamiz, negaki, umid qilayotganimizdek, bunday sa’y-harakatlarimiz o’zbek liboslarining xalqaro bozorlarga chiqishiga yordam beradi.

“Jahon” AA, Parij