Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON NOZ-NE’MATLARI “FRUIT LOGISTICA - 2017” YARMARKASIDA NAMOYISH ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON NOZ-NE'MATLARI “FRUIT LOGISTICA - 2017” YARMARKASIDA NAMOYISH ETILDI

Berlinda an’anaviy “Fruit Logistica” xalqaro yarmarkasi o’z ishini yakunladi. Unda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va manzilga eltish borasida erishilgan eng so’nggi muvaffaqiyatlar namoyish etildi. Joriy yili ushbu xalqaro anjumanda dunyoning 86 mamlakatidan 3 mingdan ziyod kompaniya va korxona qatnashdi, 130 dan ziyod davlatdan kelgan 70 ming mutaxassis mazkur yarmarka ishi bilan tanishdi.

Mamlakatimizning “O’zagroeksport” AJ va boshqa tashqi savdo kompaniyalari “Fruit Logistica”da O’zbekistonni namoyish etdi. Toza va sarxil hamda qayta ishlangan rang-barang meva-sabzavotlar, ziravorlar va quruq mevalar respublikamiz milliy ekspozitsiyasi peshtaxtalaridan joy oldi.

Tadbir doirasida O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Latviya, Turkiya va boshqa mamlakatlarning import bilan shug’ullanadigan kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o’tkazishdi. Ularning yakunlari bo’yicha o’zbek zaminida yetishtirilgan qovun, ko’kat va quruq mevalarni xorijiy bozorlarga yetkazib berish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, Germaniya, Gollandiya, Italiya va Ispaniya ishlab chiqarish korxonalari vakillari bilan mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida amalga oshiriladigan sarmoyaviy loyihalar uchun uskuna va jihozlar yetkazib berish bilan bog’liq masalalar ham muhokama etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, uch kun davom etgan “Fruit Logistica - 2017” yarmarkasida O’zbekiston bo’lmasi mutaxassislar bilan gavjum bo’ldi. Ular o’zbek qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli va o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish yuzasidan katta qiziqish bildirishdi. “Jahon” axborot agentligi muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatda bo’ldi.

Fridrix Lyudeke, Germaniyadagi “Global G.A.P.” kompaniyasi katta eksperti:

— Biz Berlinda, “Fruit Logistica - 2017” xalqaro yarmarkasida O’zbekiston vakillarini qutlashdan mamnunmiz, - dedi u. - Bugun bo’lib o’tgan muzokaralarimiz bizga o’zbek sheriklar bilan o’zaro hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlarini belgilash imkonini berdi.

Kompaniyamiz qishloq xo’jaligi mahsulotlarini standartlash va sertifikatlashga ixtisoslashgan. Shu bilan birga, “Global G.A.P.” nafaqat yetishtirilgan mahsulotning xavfsizligini, balki butun ishlab chiqarish jarayonining ishonchliligiga baho beradi. Bu juda muhimdir, chunki yevropalik iste’molchilar o’zlari olayotgan mahsulotning xavfsizligi to’g’risidagi barcha ma’lumotdan xabardor bo’lishni istaydi. O’zbekistonning ulkan eksport salohiyatini hisobga olgan holda biz mamlakatingiz bilan uzoq muddatli va o’zaro manfaatli asosdagi hamkorlikka tayyormiz.

Ron de Greyef, Gollandiyadagi “Staay Food Group” kompaniyasi vakili:

— Biz butun dunyodagi o’z mijozlarimizga yuqori sifatli toza va sarxil meva-sabzavotlarni taklif etamiz. Mahsulotlarning ishlab chiqarilishi jarayoniga alohida e’tibor qaratamiz. Asosiy maqsadimiz - xaridorga to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqaruvchidan olingan eng yaxshi mahsulotni taqdim etish.

Bugun o’zbek delegatsiyasi vakillari bilan bo’lib o’tgan muzokaralarimiz chog’ida hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlarini muhokama qildik. Mamlakatingizda har yili 17 million tonna ekologik jihatdan toza oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va ularning 4 million tonnadan ziyodi dunyoning 80 mamlakatiga eksport qilinishi haqidagi ma’lumotlar bizda alohida qiziqish uyg’otdi. Bular e’tiborga molik raqamlardir. Shu bois biz O’zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo’lga qo’yish niyatidamiz.

Pyer Lapoyad, Fransiyadagi “Nutritis” kompaniyasining bosh direktori:

— Biz respublikangizning oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ko’paytirish va ularning eksport hajmlarini oshirishga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarini tabriklaymiz. Quyoshli O’zbekistonning ekologik jihatdan toza meva-sabzavotlari alohida ta’m xususiyatlariga ega bo’lgani holda yuqori xalqaro andozalarga javob beradi. Aynan shu bois mamlakatingiz o’z mahsulotlarini mana shunday yirik xalqaro ko’rgazmalarda faol namoyish etishi kerak, deb o’ylayman.

O’zbek ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar chog’ida biz Fransiyaga quritilgan o’rik, bodom, o’rik danagi, kishmish, mayiz yetkazib berilishi yuzasidan kelishuvga erishdik. Shuni qayd etish kerakki, Yevropa bozorida o’zbek quruq mevalariga katta talab mavjuddir.

Peter Xorsle, Daniyadagi “RM Import” kompaniyasi direktori:

— Shunday nufuzli xalqaro yarmarkada ishtirok etayotgan O’zbekiston o’zining eksport jo’g’rofiyasini yanada kengaytirishiga shubha qilmayman. Ko’rgazma peshtaxtalariga qo’yilgan rang-barang qishloq xo’jaligi noz-ne’matlari respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardosh ekanligini tasdiqlaydi.

“RM Import” Daniyaning ekologik toza va yuqori sifatli quruq mahsulotlarni import qilishga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Biz o’zbek ishlab chiqaruvchilari bilan uzoq muddatli aloqalarni yo’lga qo’yishdan manfaatdormiz.

“Jahon” AА, Berlin