O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA “ERKIN A’ZAM BADIIY OLAMI” NOMLI KITOBNING TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti va Termiz davlat universiteti hamkorlikda tashkil etgan, yozuvchi, dramaturg va stsenarist Erkin A’zamning hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan “Erkin A’zam badiiy olami” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Tadbirda olimlar, yozuvchilar, adabiy tanqidchilar, adabiy jamoatchilik, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti o‘qituvchi va talabalari, Erkin A’zam ijodining muxlislari, OAV vakillari va kutubxona foydalanuvchilari qatnashdilar.
Tadbir qatnashchilari E. A’zamning shaxsiy va professional xislatlari, uning samimiylik va milliylikka yo’g‘rilgan asarlari, ularda insonparvarlik g‘oyalarining va ruhiy komillikka erishish uchun harakat aks ettirishi haqida gapirdilar.
Yozuvchining badiiy olami to‘g‘risidagi publikatsiyalar va ma’lumotlar jamlanmasidan iborat taqdim etilayotgan kitob mualliflariga o‘z minnatdorchiligini bildirar ekan, Erkin A’zam uni adabiyot dunyosiga, badiiy olamga yetaklagan Shukur Xolmirzayevning “Adabiyot o‘ladimi?” iborasi bo‘lganligini e’tirof etdi. Mualliflar esa shunday kitobni yaratish istagi ularda talabalik davridayoq paydo bo‘lganini aytdilar.
“Jahon” AA