Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON JURNALISTLARI IJODIY UYUSHMASINING KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON JURNALISTLARI IJODIY UYUSHMASINING KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq bilan muloqotni samarali tashkil etish, inson manfaatlarini amalda ta’minlash, insonlar qalbiga yo‘l topish, bugungi zamon shiddati va talablari mamlakatimiz jurnalistlari oldiga ham yangi-yangi vazifalar qo‘ymoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» tamoyili bunda dasturilamaldir.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining navbatdan tashqari konferensiyasida ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi O‘.Mirzayorov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori M.Hazratqulov, "Xalq so‘zi" – "Narodnoye slovo" gazetalari bosh muharririning o‘rinbosari S.Doniyorov, "Erkin Qaraqalpaqstan" – "Vesti Karakalpakstana" gazetalari bosh muharriri K.Reymov, "Uchitel Uzbekistana" gazetasi muxbiri A.Terexina, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi M.Obidov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari oldiga qo‘yayotgan vazifalar, o‘zbek jurnalistikasini yangicha mezon, zamonaviy tamoyillar asosida rivojlantirish mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga, jamiyatimizdagi muammo va illatlarni butkul kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari 2016-yil 28-dekabrda imzolagan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan bu borada ishlashning sifat jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda. Xususan, murojaatlar bilan ishlash natijalarining ommaviy axborot vositalarida tizimli yoritib borilishini tashkil etish jurnalistlardan yanada faol, jonkuyar va fidoyi bo‘lishni taqozo etadi.

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi faoliyatini kuchaytirish, soha xodimlarining kasb mahoratini oshirish, ijodkorlar mehnatini munosib rag‘batlantirish borasida muayyan ishlar bajarildi. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining subsidiyalari jalb qilinmoqda, hududiy nashrlar xodimlarining o‘quvlari tashkil etilmoqda, uyushma qoshida “Yosh jurnalistlar klubi” faoliyat yuritmoqda. “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov, «Yilning eng faol jurnalisti», «Eng ulug‘, eng aziz» respublika tanlovlari nufuzi yil sayin oshib borayotir. Faxriy jurnalistlar moddiy rag‘batlantirilmoqda, dam olish uylari va sanatoriylarida salomatliklarini tiklashi uchun ularga bepul yo‘llanmalar ajratilayotir.

Konferensiyada bugun sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan birga istiqbolda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar ham talay ekani ta’kidlandi. Ommaviy axborot vositalarini tom ma’noda xalq minbariga aylantirish, soha xodimlarining faoliyatiga zamonaviy jurnalistikaning yangi uslub va usullarini joriy etish, hududiy OAVlarda ishlayotgan xodimlarning milliy media makondagi faolligini oshirish, jurnalistlarning xalqaro miqyosda o‘zaro fikr va tajriba almashish imkoniyatlarini tobora kengaytirish, uyushma qoshidagi ijodiy kengashlar faoliyatini yanada jonlantirish davr talabidir.

Tadbirda uyushma Ustaviga ayrim o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham muhokama qilindi.

Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sa’dulla Hakimov O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi etib saylandi.

O’zA