O’ZBEKISTON “BALTTOUR-2017” YARMARKASIDA NAMOYISH ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda Riga shahrida Baltiya mintaqasi turizm sanoatining nufuzli va muhim tadbirlaridan biri - yillik “Balttour-2017” xalqaro ko’rgazma-yarmarkasi bo’lib o’tdi.
Ta’kidlash joizki, “Balttour” forumi bu yil 24-bor o’tkazilmoqda va unda dunyoning 60 ta davlatidan mingdan ziyod sayyohlik kompaniyalari, jumladan O’zbekiston vakillari ham qatnashdi.
Mamlakatimizning turizm imkoniyatlari tadbir mehmonlariga O’zbekiston haqida to’laqonli ma’lumot bera oladigan milliy stendda namoyish etildi. Unda ishtirokchilar mamlakatimiz tomonidan taklif etiladigan sayyohlik yo’nalishlari, turizmning xilma-xil turlari hamda o’zbek xalqining an’ana va urf-odatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mila Liyepa, Latviyaning “Retro FM” radiosi Reklama bo’limi rahbari:
— O’zbekistonning sayyohlik salohiyati Latviya jamoatchiligi orasida katta qiziqish bilan qabul qilinmoqda. Bizning radiomizga O’zbekistonga amalga oshiriladigan sayohatlar haqida axborot berishni so’rab ko’plab murojaatlar bo’ladi. Shuning uchun biz hozir mamlakatingizning Rigadagi elchixonasi bilan hamkorlik qilish bo’yicha taklif tayyorlamoqdamiz.
Bugungi kungacha ham o’zining asl go’zalligini saqlab kelgan O’zbekistonning g’aroyib qadimiy shaharlari latviyalik sayyohlarni befarq qoldirmaydi. Shu o’rinda O’zbekiston rahbariyatining turizm sohasini rivojlantirishga borasidagi tashabbuslari yuksak e’tiborga sazovordir.
Svetlana Telichane, Latviyadagi “AlSvets” turizm kompaniyasi sohibi:
— Men mamlakatingizning boy tarixi va madaniy rang-barangligidan doimo hayratga tushaman. O’zbekistonga bo’lgan mehr va muhabbatim o’lkangizga birinchi safarim chog’ida uyg’ongan. Shundan keyin men turizm kompaniyasi tuzdim va bugungi kunda O’zbekiston bo’ylab sayohatlarni uyushtirmoqdaman.
O’zbekistonning bugungi forumda qatnashishi Baltiya mintaqasidagi turizm kompaniyalari mamlakatingizning sayyohlik sohasidagi imkoniyatlari bilan tanishishlari, o’zbek hamkasblari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o’rnatish va qo’shma turizm loyihalarini ishlab chiqishlari uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.
Hech bir shubhasiz O’zbekistonning ulkan sayyohlik imkoniyatlariga ega bo’lgan o’ziga xos mamlakat ekanligini ayta olaman.
“Jahon” AA, Riga