“O’zavtosanoat” “Ford” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O’zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Ford” avtomobillarini Rossiyada ishlab chiqarish, Rossiya bozorida ushbu rusumdagi avtomobillarni import qilish va uning barcha mahsulotlarini sotish bilan shug’ullanuvchi “Ford Sollers” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
“O’zavtosanoat” vakillari yaqinda Moskvada bo’lib o’tgan XVIII Rossiya avtomobilsozlik forumida ishlab chiqaruvchi va birinchi darajadagi yetkazib beruvchi avtomobilsozlik kompaniyalarning xaridlar bo’yicha direktorlari bilan muzokaralar o’tkazdilar. O’zbekistonlik mutaxassislar “PSMA Rus” kompaniyasining loyihaviy xaridlar bo’yicha rahbari hamda rivojlanish va yetkazib beruvchilar sifati bo’yicha menejeri Aleksandr Smolyankin, shuningdek, Ford Sollers kompaniyasining xaridlar bo’yicha vitse-prezidenti o’rinbosari Nikolay Xodosevich bilan muzokaralar olib borishdi.
“PSMA Rus” avtozavodi Kalugadagi “Rosva” texnoparki hududida joylashgan bo’lib, u yerda 2010-yildan buyon “PSM Peugeot Citroen” va “Mitsubishi” konserni modellari yig’iladi.
Suhbat chog’ida “O’zavtosanoat” vakillari O’zbekiston avtomobilsozlik kompaniyalari imkoniyatlari haqida axborot berishdi. Uchrashuv yakunlari bo’yicha “PSMA Rus” va “Ford Sollers” kompaniyalari bilan ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini ko’rib chiqish haqida kelishuvga erishildi.
“Jahon” AA