O‘G‘IL-QIZLAR QUVONCHI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi tomonidan aholining keksa avlod vakillari hamda Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashovchi yolg‘iz qariyalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya va madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlar o‘quvchilarining Samarqand shahriga sayohati navbatdagi xayriya tadbirlaridan biridir.
Sayohat davomida 50 nafar o‘g‘il-qiz Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, Registon maydoni, Samarqand tarixi muzeyi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda yodgorligi bilan tanishdi.
– Yosh avlod qalbida Vatan tuyg‘usini shakllantirish, boy madaniy tariximizni bilish, tarixiy obidalarni asrab-avaylashga o‘rgatishda mazkur tadbirlarning ahamiyati katta, – deydi «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi mutaxassisi Sarvar Ishoqov. – Sayohatning ayni bayram arafasi va bahor faslida tashkil etilgani o‘g‘il-qizlarga o‘zgacha zavq-shavq bag‘ishladi.
– Samarqandga sayohat menda katta taassurot qoldirdi, – deydi Toshkent viloyatidagi 14-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Anna Rahmatova. – Qadimiy yodgorliklar, muzey eksponatlari Vatanimiz tarixi haqidagi tasavvurimni yanada boyitdi.
Yosh sayyohlar qadimiy obidalar hamda shaharda mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar bilan tanishib, o‘zlarining bilimlarini oshirdi.
O’zA