Nukus shahrida o’quv seminari
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-martdagi “Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 52-sonli qarori ijrosini ta’minlash va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga bog’liq 2014-2016-yillar uchun tuzilgan Bosh Kelishuv bo’limlari vazifalarini bajarish maqsadida 2015-yil 6-aprel kuni Nukus shahridagi 2-son tibbiyot kolleji majlislar zalida o’quv-seminari o’tkazildi. deya xabar beradi palata matbuot xizmati.
Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari Kengashi boshlig’i U.Jalmenov, 2-son tibbiyot kolleji direktori M.Turimbetova, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi boshliq o’rinbosari A. Primbetov, 250 nafar kollej bitiruvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda yoshlarning bandligini ta’minlashda va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda jamoat shartnomalarining tutgan o’rni, mehnat qonunchiligi mazmuni va uni amalda qo’llash uslublari, yoshlar va mehnat qonunchiligi, o’zining tadbirkorlik ishini boshlash istagidagi kollej bitiruvchilari uchun yaratilgan sharoitlar, soliq va boshqa imtiyozlar, preferensiyalar, biznes rejalar tayyorlash, kredit olish, lizingga texnika va texnologiyalar berishga bog’liq ma’lumotlar berildi.
“Jahon” AA