Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NNTLARDA HOMIYLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAJRIBA ALMASHILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NNTLARDA HOMIYLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAJRIBA ALMASHILDI

Poytaxtimizda "Fandrayzing va homiylik faoliyati rivojlanishining tashkiliy-huquqiy asoslari: xalqaro tajriba va O‘zbekiston amaliyoti" mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar, vazirliklar va xorijiy tashkilotlar vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va faollari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Ekologik harakati hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi A.Karimov va boshqalar NNTlarni rivojlantirish, davlat va jamiyatni boshqarish, mamlakatimizni demokratik yangilashda ularning o‘rni hamda ahamiyatini izchillik bilan yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi haqida so‘z yuritdi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili muhim omil bo‘lmoqda.

Bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. NNTlar o‘z vazifalarini samarali tashkil etishi uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish, keng jamoatchilik orasida fandrayzing, ya’ni ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun pul yig‘ish va homiylik faoliyatini yanada rivojlantirish masalasi muhim ahamiyatga ega.

NNTlarning ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Mazkur fond tomonidan har yili davlat granti va ijtimoiy buyurtma bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilmoqda. Bugungi kunda NNT va OAVlarning 159 ta ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalariga fond tomonidan 3 milliard 880 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Tadbirda homiylik faoliyatini samarali tashkil etishda milliy qonunchilik bazasi yaratilgani ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yili qabul qilingan "Homiylik to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.

– Nodavlat notijorat tashkilotlarining samarali faoliyat yuritishi mamlakat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi, – deydi Germaniyaning Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy direktori Xenriyetta Kifer. – O‘zbekistonda NNTlar ijtimoiy yo‘naltirilgan turli loyihalarni amalga oshirishi uchun qulay muhit yaratilganiga guvoh bo‘ldik. Mamlakatingizda NNTlar o‘z tashabbuslarini amalga oshirishi, xususan, qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va muhokama etish jarayonida faol ishtirok etishi uchun qulay sharoit yaratilgani alohida e’tiborga molik.

Tadbirda xorijiy mamlakatlarning homiylik faoliyati bo‘yicha tajribasi, shuningdek, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilishda qo‘llanilayotgan samarali usullar tahlil etildi.

O’zA