Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NEYROXIRURGLAR ANJUMANI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NEYROXIRURGLAR ANJUMANI

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Jahon neyroxirurglar jamiyatlari federatsiyasining ta’lim kursi o‘tkazildi.

Unda Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya davlatlarining yetakchi neyroxirurglari, yurtimizdagi tibbiy muassasalar xodimlari va oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.Qosimov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatishning qulayligi hamda sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur yo‘nalishda davlatimiz rahbari tomonidan bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi.

Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq mamlakatimizdagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari shifokorlari tuman va shaharlarda, olis qishloqlarda tibbiy qabullar, ko‘riklar tashkil etmoqda. Ushbu tadbirlarda yurtimiz tibbiyot sohasi vakillari bilan birga, xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etib, aholiga yuqori sifatli, zamonaviy tibbiy-diagnostik xizmat ko‘rsatilmoqda.

Jahon neyroxirurglar jamiyatlari federatsiyasi ta’lim va o‘qitish qo‘mitasi rahbari, professor Konchezio Di Rokko, Osiyo neyroxirurglar kongressi prezidenti, professor Yoko Kato bugun dunyoda neyroxirurgiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, davolashning samarali yo‘llari haqida so‘z yuritib, bu borada O‘zbekiston tibbiyotida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

– Birinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur kurs O‘zbekistonda tashkil etilgani ham bejiz emas, – deydi Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, N.Burdenko nomidagi Rossiya neyroxirurgiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aleksandr Potapov. – Chunki Markaziy Osiyo tibbiyotida neyroxirurgiyaning tashkil etilishi va rivojlanishi O‘zbekiston bilan bog‘liq. Keyingi yillarda erishilayotgan natijalar ham diqqatga sazovor. Kurs davomida neyroxirurgiyaning yangi yo‘nalishlari, zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama etilishi bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish uchun qulay imkoniyatdir.

Anjuman sessiyalarida neyroxirurgiyaning dolzarb masalalari yuzasidan xorijlik va mahalliy mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi, taqdimotlar o‘tkazildi.

– Bugungi kunda yurtimizda 300 dan ortiq neyroxirurg faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi Samarqand tibbiyot instituti klinikasi neyroxirurgi, Jahon neyroxirurglar federatsiyasi a’zosi A.Mamadaliyev. – Ularning 100 nafarga yaqini mazkur yo‘nalishdagi ishni bizning muassasamizdan boshlagan. Bundan 44-yil oldin aynan shu klinikada Markaziy Osiyoda ilk bor neyroxirurgiya bo‘limi tashkil etilgan. Ayni paytda bo‘limda inson bosh miyasi, sirtqi asab tizimi, umurtqa pog‘onasida murakkab jarrohlik amaliyotlarini zamonaviy tibbiy apparatlar yordamida o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Tadbir doirasida N.Burdenko nomidagi Rossiya neyroxirurgiya ilmiy-tadqiqot instituti professorlari Samarqand tibbiyot instituti klinikasi neyroxirurgiya bo‘limida bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. O‘zbekistonlik hamkasblari bilan birga jarrohlik amaliyotida ishtirok etdi. Yosh mutaxassislar uchun mahorat mashg‘ulotlari tashkil etildi.

– Klinikada bemorlarni davolash va ularga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoit zamon talablariga to‘la javob beradi, – deydi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori G.Chmutin. – Samarqandlik hamkasblarimizning bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash borasidagi salohiyati yuqori ekan. Ularning faoliyati bilan tanishib, operatsiya jarayonida ishtirok etib, bunga ishonch hosil qildik.

Anjuman doirasida respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi bilan Rossiya va Yaponiyaning yetakchi tibbiyot muassasalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

O’zA