Muvaffaqiyatli faoliyat uchun qulay maydon
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent xalqaro Vestminster universitetida har yili an’anaviy o‘tkazib kelinadigan “Kasblar haftaligi” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
“Kasblar haftaligi”dan ko‘zlangan asosiy maqsad universitet bitiruvchilari va talabalarini mamlakatimiz mehnat bozori bilan tanishtirish va ishga joylashishiga ko‘maklashishdan iborat. Tadbir doirasida ish beruvchilar ishtirokida davra suhbati va treninglar, iqtisodiyotning turli sohalarida mehnat qilayotgan universitet bitiruvchilari bilan uchrashuvlar, kompaniyalar taqdimotlari va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan bilimdon va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Yarmarkada saksondan ortiq kompaniya va muassasalar – davlat idoralari, yirik sanoat kompaniyalari, iqtisodiyotning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, bank va moliya, audit va konsalting xizmatlari, ulgurji va chakana savdo tarmoqlari vakillari, ommaviy axborot vositalari bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi.
Tadbirda universitet talabalari va bitiruvchilarining faol ishtiroki oliy o‘quv yurtida olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Uchinchi bosqich talabasi Setora Shamsiddinova “Ipak yo‘li” banki vakillari bilan suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
– Kelajakda xodimlarni boshqarish sohasida ishlashni istayman, – deydi Setora. – Talabalik paytimdayoq tajriba to‘plashni xohlaganim bois yozgi ta’tilda tijorat bankida amaliyot o‘tashga qaror qildim.
Ish beruvchilar nomzodlar haqida ijobiy fikrlar bildirmoqda. Chunonchi, “CERT International” xalqaro menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi menejeri Anastasiya Fisaxova bo‘lg‘usi mutaxassislarning bilim darajasiga yuksak baho berdi.
– Kompaniyamiz bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida faol ishtirok etib kelmoqda, – dedi A.Fisaxova. – Mutaxassislarimiz bilan suhbatdan o‘tgan barcha nomzodlar chuqur bilimga egaligi va faoliyat yurita boshlashga tayyorligini namoyish etdi.
Yarmarka yakuniga ko‘ra, universitet talabalari va bitiruvchilari haqidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yaratiladi. Bu ish beruvchilarga kerakli mutaxassislarni topishga yordam beradi.