Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Munosib mehnat sharoitlari kuchli ijtimoiy siyosat samarasidir

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Munosib mehnat sharoitlari kuchli ijtimoiy siyosat samarasidir

Toshkent shahrida 22-23-aprel kunlari “Fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining roli: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar hamda BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi va Xalqaro mehnat tashkiloti hamkorligida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, qator vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Daniya, Rossiya, Litva, Moldova va boshqa davlatlardan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro konferensiya fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish hamda bu boradagi ijtimoiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Anjumanda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning fuqarolar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish va ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda muhim omil bo‘layotgani, O‘zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan xodimlar hamda ular oila a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mehnat muhofazasi borasidagi tizimli ishlar alohida qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda mehnat qonunchiligi va fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlari mehnat sohasidagi xalqaro standartlarga to‘la mos bo‘lib, ko‘plab masalalarda ulardan ustunlikka ham egadir. Xususan, fuqarolarning mehnat huquqlari va mehnatga munosib haq to‘lash huquqlari ta’minlangan. Korxona, tashkilot va muassasalarda kasaba uyushma qo‘mitalari va ish beruvchilar o‘rtasida imzolanayotgan jamoa shartnomalari orqali bandlikka ko‘maklashish, tashkil etilayotgan yangi ish o‘rinlarida qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlarning munosib mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash, qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar berish, kasbga qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekistonda davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan konstruktiv ijtimoiy muloqotning turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilayotganini alohida e’tirof etdi. O‘zbekistonda mehnat sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida boy tajriba to‘plangani, kasaba uyushmalariga xodimlarning munosib mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha keng huquq berilganligi va buning samarasi qayd etildi.

Tadbirda O‘zbekiston hukumati, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida tuzilgan Bosh kelishuvning yuksak samaralari xususida batafsil fikr almashildi. Mazkur kelishuv orqali xodimlarning turli toifalari uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilishini ta’minlovchi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Tarmoq va hududiy kelishuvlar, korxona, tashkilot va muassasalarda qabul qilingan jamoa shartnomalarida xodimlar, jumladan, yoshlar bandligini ularning malaka va ixtisosiga muvofiq ta’minlash, mehnat bozorida raqobat qila olmaydigan insonlarni ishga joylashtirish uchun korxona va tashkilotlarda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, xodimlar malakasini oshirish uchun qayta o‘qitishni tashkil etish kabi masalalar ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda mamlakatda xodimlar mehnatidan foydalanuvchi yuridik shaxslarning 96 foizdan ziyodi jamoa-shartnomaviy munosabatlar bilan qamrab olingani yanada ahamiyatlidir. Ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan bunday ijtimoiy muloqot nafaqat xodimlar, balki ular oila a’zolarining ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, salomatliklarini mustahkamlash imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.

– O‘zbekistonda hukumat, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va ish beruvchilar birlashmasi o‘rtasida bosh kelishuv imzolangani va uning samarali amalga oshirib kelinayotgani muhim ijtimoiy ahamiyatga egadir, – dedi Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Yaap Vinen. – Bu mamlakatda ijtimoiy muloqotning rivojlanib borayotgani va munosib mehnat tamoyiliga e’tiborning yuqori ekanligidan dalolatdir. O‘zbekistonda mehnat sohasidagi xalqaro standartlarni keng joriy etish borasida katta ishlar qilinayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan mazkur anjumanda xalqaro hamjamiyatning mamlakatingiz bilan hamkorlikka qiziqishi yuqori ekani namoyon bo‘ldi.

– Bugungi kunda mamlakatingizda XMT bilan hamkorlikda Munosib mehnat dasturi izchil joriy etilayotir, – dedi Xalqaro mehnat tashkiloti vakili Sergeyus Glovatskas. – O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatini jadal rivojlantirish borasida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar boshqa mamlakatlar uchun o‘rnak bo‘la oladi. Bu kabi xalqaro konferensiyalarning muntazam tashkil etilayotgani, unga nufuzli xalqaro tashkilotlardan vakillar, xorijiy ekspertlarning taklif etilayotgani mamlakatingizda fuqarolar mehnat huquqlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish borasidagi keng ko‘lamli ishlarning yorqin ifodasidir. O‘zbekistonda xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratish borasida olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq.

Anjumanda O‘zbekistonning mehnat sohasidagi qonunchiligi, mehnat munosabatlari yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bu jarayonda kasaba uyushmalarining muhim o‘rin tutayotgani alohida qayd etildi. Xususan, fuqarolarning mehnat huquqlari va mehnatga munosib haq to‘lash huquqlari to‘la ta’minlangan bo‘lib, kasaba uyushmalari ijtimoiy sheriklik asosida bandlikni ta’minlashga ko‘maklashish, jamoa shartnomalari orqali xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari, qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar yaratish borasida samarali natijalarga erishmoqda. Bu jarayonda jamoa-shartnomaviy munosabatlarning tobora rivoj topib borayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Ushbu xalqaro konferensiyada ishtirok etish orqali fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash borasida O‘zbekiston tajribasi va bu sohada erishilayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishganimdan mamnunman, boisi bu biz uchun juda muhim, – dedi Fransiya Mehnat umumkonfederatsiyasi departamenti direktori Per Kutaz. – O‘zbekistonda mehnat huquqlari sohasida yaratilgan milliy qonunchilik aholi bandligini hamda munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha islohotlarning izchil amalga oshirilishida muhim va ishonchli asos bo‘lib xizmat qilayotir. Ayniqsa, mamlakatingizda kasaba uyushmalarining ish joylarida mehnat xavfsizligini ta’minlash, xodimlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida olib borayotgan ishlari diqqatga sazovordir. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida ko‘pchilik xorijiy mamlakatlarda rivojlanish sur’atlarining keskin pasayishi, ishsizlar soni ortishi kuzatilayotgan bir paytda O‘zbekistonda iqtisodiyot barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani, ijtimoiy sohani jadal sur’atlar bilan rivojlantirishda diqqatga sazovor natijalarga erishilayotganini alohida ta’kidlash zarur.

Konferensiya ishtirokchilari mamlakatimizda fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash bo‘yicha to‘plangan tajribani, kasaba uyushmalarining bu boradagi faoliyati samaradorligini yuqori baholadi. Xususan, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida ish kuchiga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya tizimlarini kengaytirish, ijtimoiy muloqot olib borish va xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekistonda katta muvaffaqiyatlarga erishilayotgani e’tirof etildi.

Tadbirda fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlarining ta’minlanishi bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi, kasaba uyushmalarining bu boradagi ishlarini yanada takomillashtirish, sohada jamoat nazoratini kuchaytirishga oid masalalar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu tavsiyalarning kasaba uyushmalari va mazkur yo‘nalishda ish olib boruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi.

www.uza.uz