MUDOFAA VAZIRLIGI VA XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI VAKOLATXONASI O‘RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Muzaffar Soliyev, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Jan-Jerom Kasabyanka va boshqalar ikki tomonlama hamkorlikda harbiy shifokorlarni tayyorlash, harbiy xizmatchilarning xalqaro harbiy va gumanitar huquq sohasidagi malakasini oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlarga yuqori baho berdi.
2007-yildan buyon mamlakatimiz Mudofaa vazirligi tomonidan Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda 40 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Jumladan, harbiy shifokorlar va Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy-tibbiyot fakulteti kursantlari uchun maxsus o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
O‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum tomonlarning hamkorligini yanada mustahkamlash yo‘nalishlarini belgilab beradi. Bu O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini tayyorlash va o‘qitish dasturlari uchun zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Shu maqsadda anjumanlar, davra suhbatlari, turli o‘quv seminari va treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan o‘quv materiallari, hujjat va adabiyotlar taqdim etiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasida harbiy shifokorlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
O’zA