MILLIY ARMIYAMIZNING JANGOVARLIK SALOHIYATINI YUKSALTIRISH YO‘LIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Milliy matbuot markazida “Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi – davlatimiz e’tiborida” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish milliy armiyamizning jangovarlik salohiyatini yanada yuksaltirish, harbiy xizmat nufuzini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining moddiy-texnik bazasi va ijtimoiy ta’minotini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, mavjud turar-joylarni modernizatsiya qilish, zamonaviy harbiy shaharchalar bunyod etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2007-2015-yillarda 6 mingga yaqin harbiy xizmatchi uy-joy bilan ta’minlandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2007-yil 14-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. 2016-2025-yillar davomida har yili 900 dan ortiq harbiy xizmatchini yangi uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Milliy armiyamizda xizmat qiladigan harbiylar salomatligini saqlash va mustahkamlash bo‘yicha samarali tizim yaratilgan. Harbiy qism tibbiy punktlaridan tortib, harbiy gospitallargacha bo‘lgan vazirlik tasarrufidagi barcha tibbiyot muassasalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va ularda yuqori malakali tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqda.
Anjumanda Mudofaa vazirligi vakillari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.
O’zA