MENING ARMIYAM – MENING FAXRIM
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Badiiy akademiya hamkorligida “Mening armiyam – mening faxrim!” deb nomlangan tanlov-ko‘rgazma tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari M.Soliyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida mamlakatimiz xavfsizligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir milliy armiyamiz shakllanganini ta’kidladi.
Tanlovda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari, umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va o‘qituvchilari, shuningdek, professional rassomlar, fotoustalari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.
Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, milliy armiyamizning jamiyat va davlat oldidagi o‘rni va ahamiyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga yetkazishdan iboratdir. Bu kabi tanlovlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, fidoyilik, daxldorlik kabi g‘oyalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
– Bolaligimdan harbiylikka qiziqaman, – deydi tanlov g‘olibi Dilshod Shomurodov. – Bugun “Alpomish” deb nomlangan kartinam va qator ijodiy ishlarim bilan qatnashdim. Yurtimizda ijodkorlarning iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratib berilgan. Men ham bu imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qilaman.
Ko‘rgazmada 180 ijodkorning ikki yuzdan ortiq ijodiy ishi namoyish etilmoqda.
G‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O’zA