Mamlakatimizda yetti kun mobaynida Ikkinchi Jahon urushi faxriylari bepul tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan Ikkinchi Jahon urushi faxriylari uchun maxsus aksiya o’tkaziladi. Uning doirasida ularga yetti kun mobaynida bepul tibbiy yordam ko’rsatiladi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Aksiya joriy yil 15-aprel kuni respublikaning barcha hududlari bo’ylab boshlanadi. Uni o’tkazish uchun 1 800 nafar mutaxassis jalb qilinib, ulardan 300 nafari respublika sog’liqni saqlash muassasalarining yetakchi shifokorlari, professor va olimlarini tashkil qiladi.
Biz asosan oltita yo’nalish bo’yicha mutaxassislarni jalb etmoqdamiz: oftalmologlar, ortopedlar, travmatologlar, jarrohlar va boshqa mutaxassislardir, - dedi ”Uzbekistan Today” axborot agentligining muxbiriga O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining vakili. - Mustaqil harakatlana olmaydigan faxriylarga o’z uylarida xizmat ko’rsatiladi, aksiyaning boshqa ishtirokchilariga esa bepul transport vositalari xizmat ko’rsatadi.
Uning qayd etishicha, tibbiy ko’rik chog’ida xastaligi aniqlangan faxriylar davolanish uchun respublikaning yetakchi muassasalariga yuboriladi.
“Jahon” AA