Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MALAYZIYALIK BIZNESMENLAR: ISTIQBOLLI SHERIK SIFATIDA O’ZBEKISTONNI TANLAYMIZ

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MALAYZIYALIK BIZNESMENLAR: ISTIQBOLLI SHERIK SIFATIDA O'ZBEKISTONNI TANLAYMIZ

O’zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan Joxor-Baru shahrida mamlakatimizning to’qimachilik sanoati imkoniyatlari namoyish qilindi.

Tadbir Malayziya trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda 20 dan ziyod yigiruv va trikotaj korxonalari, paxta tolasini import qiluvchi kompaniyalar hamda mustaqil tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdilar. Tadbir mehmonlari O’zbekistonning to’qimachilik tarmog’i imkoniyatlari, mamlakatimizda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar, erkin iqtisodiy zonalarda amal qilinadigan alohida bojxona va soliq imtiyozlari bilan tanishtirildi. Shu bilan birga, tadbir doirasida qulay narxi va yuqori sifati bilan mashhur bo’lgan o’zbek to’qimachilik sanoati mahsulotlari namoyish etildi.

Malayziyalik tadbirkorlar uchun O’zbekistonda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti haqida berilgan ma’lumotlar uchun minnatdorlik bildirar ekan, D&Y Textile kompaniyasi direktori Stiven Cheng hozirgi vaqtda uning korxonasi paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarish uchun har yili AQSh, Hindiston va Avstraliyadan 20 ming tonna paxta tolasini import qilishini aytdi.

— 2018-yilga borib biz paxta tolasi importini 45 ming tonnagacha oshirishni rejalashtirganmiz, - dedi u. - Shuning uchun istiqbolli sherik sifatida biz ushbu sohada ulkan salohiyatga ega bo’lgan O’zbekistonni tanlaymiz. Bundan tashqari, Malayziyaga tayyor to’qimachilik mahsulotini import qilish imkoniyatlarini o’rganib chiqish niyatidamiz, chunki mamlakatingizda bunday mahsulotlar sifatli xomashyodan tayyorlanadi va narxi ham arzon.

O’z navbatida, LDR Enterprise kompaniyasi ijrochi direktori Dinesh Kumar o’z korxonasining O’zbekistondan paxta tolasini import qilish borasidagi rejalari bilan o’rtoqlashdi.

— Shu munosabat bilan kompaniyamiz a’zolaridan iborat bo’lgan delegatsiyani O’zbekistonga yuborib, u yerda rejalarimiz bo’yicha muzokaralar o’tkazish niyatidamiz, - dedi D.Kumar. - Ishonamanki, O’zbekiston 2017-yilda LDR Enterprise kompaniyasining eng istiqbolli sheriklari qatoridan o’rin oladi.

“Jahon” AA, Kuala-Lumpur