Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Madaniy meros obyektlari – doimiy muhofazada

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Madaniy meros obyektlari – doimiy muhofazada

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida «Madaniy meros inshootlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish: nazariya va amaliyot» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda deputatlar, vazirlik, qo‘mita, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, mutaxassislar, jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari N.Umarov, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Tursunboyev, Madaniyat va sport ishlari vazirligining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Mansurov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida tarixiy-madaniy merosimizni asrash, ularni kelajak avlodlarga asl holicha yetkazish, dunyo miqyosida keng targ‘ib etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor o‘zlikni anglash, navqiron avlodni tariximizga ehtirom ruhida tarbiyalash, jamiyat taraqqiyotini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari muntazam takomillashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, tegishli qonunlar va qonunosti hujjatlari bu boradagi ishlarda muhim dasturilamal bo‘layotir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlarida bu boradagi ishlarni tashkil etishning huquqiy mexanizmlari aniq belgilab berilgan.

Bugungi kunda yurtimizda yetti yarim mingdan ortiq madaniy meros obyekti ro‘yxatga olingan. Xalqimizning boy o‘tmishidan dalolat beruvchi ushbu arxeologiya va me’moriy yodgorliklar, san’at asarlari, diqqatga sazovor joylarni asl holicha asrash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda qadimiy shaharlarimizning yubileylari, buyuk allomalarimizning tavallud sanalari keng nishonlanayotgani, tarixiy obidalarimizni asrash, tiklash, arxeologik ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasida tarixiy shaharlarimizga kelayotgan sayyohlar oqimi tobora ko‘paymoqda.

Madaniy meros obyektlarining umrboqiyligini ta’minlashda yosh avlod qalbida ajdodlar merosiga ehtiromni kuchaytirish, ularni milliy ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasalarida yoshlarga bu boradagi qadriyatlar maxsus kurslar, tarbiyaviy soatlarda nazariy bilim bilan birga, tarixiy obidalarga uyushtirilayotgan sayohatlar, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali chuqur singdirilmoqda.

Globallashuv jarayoni tobora chuqurlashayotgan bugungi davrda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb vazifadir.

Anjumanda madaniy merosni muhofazalashga oid xalqaro konvensiyalar qoidalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish, madaniy meros obyektlarini tiklash-ta’mirlash bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, ma’naviyatimizning noyob durdonalarining qonunga xilof ravishda olib chiqilishi va olib kirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish xususida fikrlashildi. Deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga bu boradagi vazifalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

www.uza.uz