KONSULLIK MASALALARI BO‘YICHA O‘ZBEKISTON-QOZOG‘ISTON MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Qozog‘iston vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashish uchun Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktori Ardak Madiyev boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan maslahatlashuvlar chog‘ida konsullik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati atroflicha muhokama qilindi, tomonlar fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordamning amaliy jihatlari, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi kelishuvlar hamda xalqaro konvensiyalarning bajarilishi ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda delegatsiyalar mazkur sohada, jumladan migratsiya masalalari bo‘yicha ikki davlat qonunchiligida kuchga kirgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ham almashishdi.