Ko‘rgazmali seminar
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Buxoro tumanidagi «Arbob G‘aybulla» fermer xo‘jaligida bahorgi agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish va chigit ekish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimlari, mutaxassislar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Xo‘jalik dalasida tashkil etilgan tadbirda dalani ekishga tayyorlash, tuproq namligini saqlash, maydonni tekislash va chigitni ekish agrotexnikasiga doir tavsiyalar berish asnosida bu jarayon amalda namoyish etildi.
Erga urug‘ tashlashni qisqa fursatda amalga oshirish mo‘l hosil yetishtirishda asosiy omildir. Joriy yilda viloyatda ish unumi yuqori bo‘lgan 20 yangi ekish texnikasi xarid qilindi. Ular kuniga 40-50 gektar maydonga urug‘ sepish imkoniga ega. Seminar ishtirokchilari chigit ekish bilan bir paytning o‘zida yerga mineral o‘g‘it tashlaydigan bu yangi texnikaning ish faoliyati bilan tanishdi.
Viloyatda chigit ekishga puxta taraddud ko‘rildi. 126 ekish otryadi shakllantirilib, mexanizatorlarga barcha zarur sharoit yaratildi. Texnikalarga tegishli xizmatlar ko‘rsatish, ularni yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash, saralangan chigitni turli kasallik va zararkunandalarga qarshi ishlov bergan holda dalaga o‘z vaqtida yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
– Joriy yilda viloyat fermer xo‘jaliklari davlatga 342 ming tonna paxta yetkazib berishni rejalashtirgan, – deydi Buxoro viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nasriddin Mahmudov. – Ular 109,6 ming gektar yerga chigit ekishadi. Asosan mahalliy iqlim sharoitiga mos “Buxoro-6” va “Buxoro-8” navlari ekiladi. Fermerlarimiz chigit ekishni 12 kun ichida nihoyasiga yetkazishadi. Buning uchun barcha imkoniyat yetarli.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi M.Esonov so‘zga chiqdi.