Kichik biznes sub’yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirishga bag’ishlangan davra suhbati
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Kichik biznes sub’yektlari malakasini yanada oshirishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlikda yurtimiz tadbirkorlarining moliyaviy savodxonligini oshirish dasturini amalga oshirmoqda, deya xabar beradi palata matbuot xizmati.
IFC tomonidan o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, bir qator mahalliy tijorat banklari moliyaviy savodxonligi yuqori bo’lgan qarz oluvchilar uchun imtiyozli kreditlar (kamaytirilgan foiz stavkasi va shunga teng boshqa ko’rsatkichli kreditlar) ni berishga qiziqish bildirishdi. Shundan kelib chiqqan holda, kichik biznes sub’yekti vakillariga moliyaviy savodxonlik bo’yicha sertifikatlangan imtihon o’tkazilishi bo’yicha trening o’tkazish dasturi konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, joriy yilning 16-aprelida Savdo-sanoat palatasi binosida tijorat banklari va boshqa moliya tashkilotlari ishtirokida davra suhbati o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Tadbir chog’ida moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish yo’llari imkoniyatlari muhokama etiladi.
“Jahon” AA