KICHIK BIZNES SUB`EKTLARI TANLAMA KUZATUVINI TASHKIL ETISH VA O`TKAZISH BO`YICHA USLUBIY NIZOM
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Davlat statistika qo`mitasining joriy yil 22-apreldagi 7-sonli qarori bilan “Kichik biznes sub`ektlari tanlama kuzatuvini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha Uslubiy nizom” tasdiqlandi, deya xabar beradi qo’mita matbuot xizmati.
Mazkur Uslubiy nizom ko`rilayotgan davrda kichik biznesning respublika iqtisodiyoti rivojidagi ulushini baholash va asosiy ko`rsatkichlarni hisoblash uchun reprezentativ ma`lumotlar olish maqsadida kichik biznes sub`ektlari tanlama kuzatuvini tashkil etish va o`tkazish tartibini belgilaydi.
Kichik biznes sub`ektlari tanlama kuzatuvini o`tkazish uslubiyati Yevropa Ittifoqi Statistika byurosi tomonidan ishlab chiqilgan korxonalar statistik kuzatuvlarini rejalashtirish va o`tkazish bo`yicha qo`llanmaning asosiy qoidalari, tartib va tavsiyalariga asoslangan.
Uslubiy nizom tanlama statistik kuzatuvni tashkil etish va o`tkazishning asosiy bosqichlariga mos bo`lgan ketma-ketlikda ifodalangan va davlat statistika organlari tomonidan o`rganilgan kichik biznes sub`ektlari majmuasi to`g`risida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish imkonini beruvchi ishonchli statistik ma`lumotlarni (olingan natijalarni aniqligini tekshirgan holda) shakllantirish maqsadida foydalanishlari uchun mo`ljallangan.
Mazkur qaror 2015-yil 27-apreldan kuchga kiradi.
"Jahon" AA