“Kamolot” shaxmat taxtasi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Navoiy shahrida “Kamolot” shaxmat taxtasi” an’anaviy respublika turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan turnirning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida mamlakatimizda ushbu sport turi jadal rivojlanib, o‘zbek shaxmat maktabi vakillari jahon va qit’a chempionatlarida yuqori natijalarga erishayotgani alohida ta’kidlandi.
– An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan turnirning joriy yilgi mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 140 nafar havaskor shaxmatchi ishtirok etdi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi sport loyihalari bo‘limi mudiri Umid Rajabov. – Tahlillarga ko‘ra, turnirning nufuzi yildan-yilga ortib borayotir. Bu, o‘z navbatida, yurtimizdan mahoratli shaxmatchilar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.
Musobaqada har bir viloyatdan o‘n nafardan o‘g‘il-qiz 5 yosh toifasida g‘oliblik uchun dona surdi.
– Olti yoshimdan shaxmat bilan muntazam shug‘ullanaman, – deydi 14 yoshgacha toifada g‘olib bo‘lgan qashqadaryolik Temurbek Shernazarov. – Men tahsil olayotgan Qarshi shahridagi 10-umumta’lim maktabida qator sport to‘garaklari tashkil etilgan. Ushbu musobaqadagi g‘oliblik o‘zimga bo‘lgan ishonchni yanada oshirdi. Kelajakda xalqaro turnirlarda dona surib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish mening bosh maqsadimdir.
Turnir yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida Navoiy viloyati vakillari birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Sirdaryo va Jizzax viloyati shaxmatchilari qo‘lga kiritdi.