"Kafolat" DASK respublikamiz bo’ylab filiallari sonini ko’paytirmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xar bir mijoz kompaniya xizmatlaridan bemalol foydalana olishiga erishish maqsadida «Kafolat» DASK filiallari sonini ko’paytirmoqda. Xususan kompaniya tomonidan 2015 yilning 1 choragida respublikamizning turli hududlarida 3 ta yangi bo’linmalar tashkil etildi.
Bo’linmalar tarmog’i bo’yicha kompaniya juda keng geografik nuqtaga ega bo’lishiga qaramay aholi va tashkilotlarga yanada yaqinlashish, ularga qulay sug’urta xizmatlarini ko’rsatish maqsadida joriy yilda xam kompaniya tomonidan mamlakatimizning turli hududlarida yangi bo’linmalar faoliyati ishga tushirildi.
«Kafolat» DASK Strategik rivojlanish va marketing boshqarmasi menejeri Nilufar Baxodirxonova “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
–Yangi bo’linmalar Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida, Qashqadaryo viloyatining Nuriston shaxarchasida hamda Qoraqalpog’iston Respublikasining Kegeyli tumanida tashkil etildi. Natijada, kompaniya bo’linmalarining soni 167 tani tashkil etdi. Ushbu bo’linmalar kompaniyamiz tomonidan taklif etilayotgan 80 ga yaqin sug’urta turlari bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatishadi–.
Yangi bo’linmalarda kompaniyaning barcha sug’urta maxsulotlari taqdim etiladi, ular orasida transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish, ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish, avtosug’urta, mol-mulk va javobgarlik sug’urtasi, baxtsiz xodisalardan sug’urta kabi xizmatlar bor.
Ushbu bo’linmalarda «Kafolat» Davlat akyiyadorlik sug’urta kompaniyasi mijozlari sug’urta masalalari bo’yicha axborot olish, sug’urta shartnomalari tuzish yoki muddatini uzaytirish, shuningdek, sug’urta xodisasi ro’y berganda tezkor maslaxat olishlari mumkin.
Takidlash joizki kompaniyaning kelgusi rejalarida qator qishloq tumanlarida yana 10 ta yangi bo’linmalarni tashkil etishi belgilab qo’yilgan.