JASORAT – MANGU, XOTIRA – QADRLI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada marhum musavvirlarning asarlari namoyish etildi.
Qoraqalpoq tasviriy san’ati tarixida o‘z ijodi bilan yorqin iz qoldirgan rassomlarni xotirlash, ularning asarlarini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmada 17 marhum musavvir tomonidan turli yillarda yaratilgan 55 asar namoyish etildi.
Taniqli rassomlar O.Otaboyevning “Taxt”, “Ertak”, Q.Berdimuratovning “Musiqachilar”, P.Qoraboyevning “Kechki yaylovdan qaytish”, “Men tug‘ilgan yurt”, J.Izentayevning “O‘zgacha tun”, “Umid yo‘lida”, J.Qutlimuratovning “Yigit orzusi”, U.Saparovning “Ovul hayoti”, “Quyosh bоtishi”, “Orol to‘lg‘anishi”, I.Jaqsiboyevning “Hovuz bo‘yida”, “Bahor bayrami”, “Onamning portreti” kabi asarlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.
O’zA