Jahon banki guruhi a’zolari bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlanitirish davlat qo’mitasida Jahon bankining ta’lim masalalari bo’yicha etakchi mutaxassisi Navida Nakvi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Mazkur uchrashuvda xususiylashtirish va korporativ boshqaruvni rivojlantirish jarayonlarini ta’lim tomondan qo’llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi, deya xabar beradi qo’mita matbuot xizmati.
Ma’lumki, Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida muhtaram Prezidentimiz tomonidan iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va korporativ boshqaruv tizimining tamoyil va yondashuvlarini tubdan o’zgartirish muhim masala ekanligi ta’kidlandi.
Xususan, davlatimiz rahbari iqtisodiyot tarmoqlarida davlat ulushining mavjudligi va samaradorligini, boshqacha aytganda, “iqtisodiyotda davlat ishtiroki”ni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarida xususiy sektor ishtirokini sezilarli darajada kengaytirish bo’yicha vazifalarimizni belgilab olish vaqti kelganini, iqtisodiyotimizda davlatning ishtiroki qay darajada ekanini tanqidiy baholash, uni strategik hamda iqtisodiy asoslangan darajaga qadar qisqartirish zarurligini alohida qayd etdi.
Jahon banki va Xalqaro Moliya korporasiyasi bilan hamkorlik doirasida joriy yilning may oyida tashkil etilgan “Davra suhbati” korporativ boshqaruv va xususiylashtirish sohalarida o’zaro hamkorlik qilish bo’yicha Harakat rejasini ishlab chiqish kelishib olingan edi.
Ta’lim dasturi bo’yicha Jahon banki guruhi a’zolari bilan bo’lib o’tgan uchrashuv davomida Davlat raqobat qo’mitasi rahbariyati ta’lim sohasidagi o’zaro hamkorlik, aksioerlik jamiyatlari rahbarlari, menejerlari, Qo’mita vakillarini xorijiy oliy ta’lim muassasalarida bilim olishi (magistratura darajasida), O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida xorijiy lektorlar ishtirokida kurslar tashkil etish, mutaxasisslarni xorijiy kompaniyalarda stajirovka o’tishlarini tashkil etish, “Davra suhbarlari”ni o’tkazib turish kabi masalalar muhokama qilindi.
“Jahon” AA