Izlanuvchan yoshlar festivali
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor o‘z samaralarini bermoqda.
Bu borada “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sa’y-harakatlari alohida ahamiyatga ega.
Poytaxtimizda «Toshkent – mehmondo‘st shahar» shiori ostida o‘tkazilgan festival yoshlarni milliy g‘oya atrofida jipslashtirish, ularni Vatanga sadoqatli, el-yurt, jamiyat manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qiladigan fidoyi insonlar etib voyaga yetkazish maqsadida tashkil etildi. «Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar» loyihasi doirasida uyushtirilgan mazkur festivalda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, faol yoshlar ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilib, hayotga keng tatbiq etilayotgan ijtimoiy dasturlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida yurtimizda yoshlarning puxta ta’lim-tarbiya olishi, o‘z iste’dodini namoyon etishi uchun zamon talablariga mos barcha shart-sharoit yaratilgani malakali kadrlar tayyorlashda muhim omil bo‘layotir. Milliy an’ana va qadriyatlarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, uning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga to‘g‘ri yetkazish masalasi ham doimiy e’tiborda.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashidan ma’lum qilishlaricha, ushbu loyiha davomida tumanlarda yoshlarning faolligi, bilim va qobiliyatini oshirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, intellektual bellashuvlar o‘tkazildi.
– Mamlakatimizda yoshlarning hech kimdan kam bo‘lmagan shaxslar bo‘lib voyaga yetishi, iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi uchun barcha imkoniyat mavjud, – deydi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi informatika kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Habibulla Hamidov. – Biz, yoshlarga qaratilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikni ilm-fan, ta’lim, sport, san’at va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan tengdoshlarim, qolaversa, o‘z hayotim misolida teran his etmoqdaman.
Festivalda bilimli, izlanuvchan yoshlar tomonidan yurtimizning turli hududlari urf-odatlari aks etgan sahna ko‘rinishlari, xalq og‘zaki ijodi namunalari, xalq o‘yinlari namoyish etildi. Tasviriy va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmasi, yozuvchi va shoirlar, san’at, sport ustalarining chiqishlari, ijrochi yoshlar, bolalar badiiy jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi ishtirokchilarga xush kayfiyat baxsh etdi.
Tadbir doirasida milliy taomlar, devoriy gazetalar, liboslar tanlovi ham o‘tkazildi. Yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardagi ishtiroki munosib baholanib, g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.