Istiqbolli loyihalar samarasi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Qarshida VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Toshkent shahri va viloyatlardagi bir qator oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlari 370 innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalari, ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etdi.
Prezidentimizning 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori soha rivojida muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
– Taqdim etilayotgan loyihalarga kichik biznes subyektlari, ayniqsa, fermerlar katta qiziqish bildirmoqda, – deydi Qarshi davlat universiteti innovatsiya va integratsiya markazi direktori Yo‘ldosh Bobojonov. – Yosh va tajribali olimlar o‘zaro fikr almashib, bir-birini takrorlamaydigan g‘oyalarni o‘rtaga tashlamoqda. Bu, albatta, kelajakda o‘z samarasini beradi.
Mahalliy iste’molchilar e’tiborini tortayotgan loyihalardan biri “Qozon qurilmasining energiya va resurs tejamkorligini oshirish texnologiyasi” bo‘ldi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining talaba va o‘qituvchilari tomonidan taqdim etilgan mazkur texnologiya o‘zining arzonligi va tejamkorligi bilan barchaga manzur bo‘lmoqda.
– Taklif qilinayotgan qozon qurilmasi har qanday yoqilg‘ida ishlayveradi, – deydi institutning energetika fakulteti katta o‘qituvchisi Umid Ibrohimov. – Bundan tashqari, yoqilg‘ining solishtirma sarfi avvalgisidan 2,5, tutun gazlari bilan yo‘qolayotgan issiqlik miqdori va atmosferaga zararli moddalarning chiqishi bir barobargacha kamayadi.
Tadbirda fermer xo‘jaliklari, sanoat korxonalari va tashkilotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan texnologiya va ishlanmalar mualliflari o‘rtasida shartnomalar imzolandi.