Ishlab chiqaruvchilar forumi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Samarqandda viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-martdagi “2015-yilda xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan 250 dan ziyod yirik va kichik ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar mingdan ortiq turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Yarmarkaning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda mahalliy xomashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar ishlab chiqarish, yirik sanoat korxonalari va kichik biznes subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Xususan, mahalliylashtirish dasturining samarali amalga oshirilishi tufayli ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalari mustahkamlanmoqda, mahsulot turi va sifati oshmoqda. Eng muhimi, eksport o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Har yili an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan hududiy va xalqaro sanoat yarmarkasi hamda kooperatsiya birjalari bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
– O‘tgan yili oktabr oyida faoliyat boshlagan korxonamizda asosan erkaklar kostyum va kurtkalari ishlab chiqariladi, – deydi Tayloq tumanidagi “Jumabozor Development” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh muhandisi Murod Gadoyev. – Mazkur yarmarka o‘z mahsulotlarimizni namoyish etish va hamkorlarimiz safini kengaytirishda qulay imkoniyat bo‘ldi. Viloyatdagi bir necha korxona bilan hamkorlik qilish va mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzoladik.
Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan qurilish materiallari, gilam va mebellar, xomashyo va butlovchi buyumlar, trikotaj va xalq iste’moli mollari, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiluvchilar ayniqsa ko‘p. Ular shu yerning o‘zida shartnoma imzolab, o‘zaro kelishuvga erishdilar. Viloyatdagi tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bu borada ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
– Sanoat yarmarkasida har yili qatnashib, mahsulot xarid qilish bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzamiz, – deydi Qo‘shrabot tumanidagi “Zarmitan bunyodkori” xususiy korxonasi rahbari Bekmurod Jamolov. – Bu, avvalo, bir vaqtning o‘zida ko‘plab korxonalar faoliyati bilan tanishish, ular taklif etayotgan mahsulotning sifati, narxi va boshqa jihatlarini o‘zaro taqqoslab ko‘rish imkoniyatini beradi. Bugun ham bir necha tashkilot bilan shartnoma tuzishga erishdik. Jumladan, “Asl nafis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan chinni buyumlardan olish maqsadida ellik million so‘mlik shartnoma imzoladik.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzayev so‘zga chiqdi.