Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Iqtisodiy islohotlar samaralari

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Iqtisodiy islohotlar samaralari

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida iqtisodiyotning real sektori samaradorligini oshirishda buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qator vazirlik va idoralar vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori M.Boltaboyev, “Iste’dod” jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, tarkibiy tub o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham barqaror yuqori o‘sish sur’atlariga erishish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Yurtimizda makroiqtisodiy barqarorlik mustahkamlanmoqda. Bu borada innovatsion faoliyatni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilayotir. Zero, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish innovatsiyalarga bog‘liq.

Anjumanda buxgalteriya sohasini avtomatlashtirish, moliyaviy nazoratni takomillashtirish, auditorlik faoliyatida iqtisodiy tahlil usullarini qo‘llash masalalari xususida so‘z yuritildi.

– Jahon iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan jarayonlar iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirish bilan birga sohaga malakali kadrlarni jalb etishni taqozo qilmoqda, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi mudiri Bahodir Hasanov. – Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan maqsad yosh mutaxassislar, tadqiqotchilarning bilimini mustahkamlash, ularni iqtisodiy o‘zgarishlar, yangiliklardan boxabar etishdir.

Tadbirda mahalliy xomashyo asosida import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning samaralari, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish, soha rivojida xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

www.uza.uz