IORDANIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Salih Ahmad al-Javarnehni qabul qildi.
Elchi o‘zining ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish hamda BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalarni mustahkamlashga o‘zaro qiziqish bildirildi.
Shuningdek, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.