INXA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI UCHRASHUVLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Koreya Respublikasining Inxa universiteti prezidenti Sunya Choy rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.
Delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Inxa universitetida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, oliy o‘quv yurti rahbariyati, o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashdi.
Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori Sherzod Shermatov bugungi kunda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2014-yil tashkil etilgan Toshkent shahridagi Inxa universitetida bu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.
Ushbu ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar xalqaro talablarga to‘la javob beradi. O‘quv auditoriyalari, laboratoriya va boshqa xonalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Universitetda poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalari orasida eng katta data-markaz (serverlar va tarmoq uskunalari joylashtirilgan yuqori texnologiyali maydon) faoliyat ko‘rsatmoqda. Talabalar eng zamonaviy texnologiyalar, jumladan, Wi-Fidan keng foydalanmoqda.
Darslar xalqaro muhandislik akkreditatsiyasi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv dasturi bo‘yicha ingliz tilida o‘tilmoqda. Mamlakatimiz o‘qituvchilari bilan birgalikda Koreya Respublikasidan kelgan 10 nafar mutaxassis talabalarga axborot-kommunikatsiya sohasi asoslarini o‘rgatmoqda. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi kompaniyalar mutaxassislari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilmoqda. Bu nazariya va amaliyotni o‘zaro bog‘lash, talabalarga esa IT sanoatidagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish imkonini berayotir.
Toshkent shahridagi Inxa universitetida o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda talabalarning mustaqil izlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun oliy o‘quv yurtida zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy adabiyot bilan ta’minlangan axborot-resurs markazi tashkil etilgan. Universitetda jamoa bo‘lib ishlash yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni talabalar bahs-munozaralar va taqdimotlar o‘tkaziladigan xonalarda guruhlarga bo‘linib, murakkab vazifalarga yechim topadi. So‘ngra darslarda tajribali o‘qituvchi rahbarligida bilimlarini mustahkamlaydi.
Inxa universiteti delegatsiyasi a’zolari talabalar uchun yaratilgan ushbu sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
– O‘zbekistonda universitetimiz filialining tashkil etilgani mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning yorqin misolidir, – dedi Inxa universiteti prezidenti Sunya Choy. – Bu yerda yosh kadrlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘zaro hamkorligimiz salmoqli natijalar berayotganiga guvoh bo‘ldik. Toshkent shahridagi Inxa universitetining moddiy-texnik va intellektual bazasini mustahkamlashdan manfaatdormiz va shu bois universitet rahbariyati bilan qator hujjatlar imzoladik. Masalan, o‘zbekistonlik professor va o‘qituvchilarni Koreya Respublikasida o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Shuningdek, universitet kutubxona fondiga 2,6 mingdan ziyod darslik va qo‘llanmalar taqdim etdik.
Inxa universiteti delegatsiyasi mamlakatimizning qator vazirlik va idoralari, oliy o‘quv yurtlarida uchrashuvlar o‘tkazib, yurtimizning ilmiy-madaniy salohiyati bilan tanishadi.