INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGINING 2015-YIL I CHORAK FAOLIYATI YAKUNLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Intellektual mulk agentligida 2015-yil I chorak yakunlari bo`yicha Hay’at majlisi o`tkazildi, deya xabar beradi agentlik matbuot xizmati.
Hay’at majlisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan Agentlikning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ish rejasidagi ustuvor vazifalari ijrosining 2015 yil I choragi bo`yicha bajarilishi natijalari ko`rib chiqildi.
2015-yil I-choragi mobaynida jami ishlab chiqarish hajmi 5260,8 mln. so`mni tashkil etdi. Ko`rsatilgan xizmatlar hajmi esa jami 335,4 mln so`mni ko`rsatdi.
Agentlik tomonidan intellektual mulk ob’ektlarini ro`yxatga olish uchun 1533 ta talabnoma qabul qilindi. Shu jumladan, ixtirolarga - 119 ta, foydali modellarga - 39 ta, sanoat na-munalariga - 37 ta, tovar belgilariga - 1 245 ta, EHM uchun dasturlar - 80 ta, ma’lumotlar bazasi - 2 ta, seleksiya yutuqlariga - 11 ta.
Intellektual mulk ob’ektlariga 1608 ta talabnomalar bo`yicha davlat ekspertizasi o`tkazildi. Davlat reestrlarida 611 ta intellektual mulk ob’ektlari ro`yxatdan o`tkazildi, 495 ta muhofaza hujjatlarining amal qilish muddatlarini uzaytirish va kuchda saqlab turish to`g`risidagi rasmiy iltimosnomalar qanoatlantirildi.
Kontrafakt mahsulot aylanmasiga qarshi kurash bo`yicha Respublika hududida intellektual mulk ob’ektlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olishda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda hisobot davrida monitoring o`tkazish reja-jadvaliga asosan joylarda intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi bo`yicha aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslari va shoxobchalarda kontrafakt fonogramma va audiovizual mahsulotlar savdosi amalga oshirilishi bo`yicha 198 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Hisobot davrida idoralarga 48 691 ta audiovizual mahsulotlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar bo`yicha 52 ta ekspert xulosalari berildi, ularning umumiy qiymati 468 340,5 mln. so`mni tashkil qildi.
Intellektual mulk Agentligi Hay’at majlisi tomonidan qo`yilgan masalalar ko`rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
“Jahon” AA