Ijtimoiy loyihalarga amaliy ko‘mak
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Parlament komissiyasi raisi A.Saidov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholining barcha qatlamini kuchli ijtimoiy muhofazalash borasidagi islohotlar jarayonida «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini hayotga joriy etish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.
Jamoat birlashmalari faoliyatiga oid huquqiy kafolatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgani aholi keng qatlamlari manfaatlarini ifoda etuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari tarmoqlarining izchil rivojlanishiga sharoit yaratmoqda. Bosh qomusimiz asosida eng yuksak demokratik talablarga javob beradigan, fuqarolik jamiyati institutlarining barcha bo‘g‘inlari erkin rivojlanishini ta’minlashga oid huquqiy baza yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzilgani fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashga davlat byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag‘larni ochiq, oshkora, eng muhimi, demokratik asosda taqsimlashni ta’minlash imkonini bermoqda. Bu NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatining tashkiliy-texnikaviy, iqtisodiy negizini mustahkamlashga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi jamoat tashkilotlari 8 ming 200 dan, ommaviy axborot vositalari esa 1 ming 400 dan oshdi.
Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan ajratilgan 10 milliard so‘m mablag‘ demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun taklif etilmoqda. Bu 2014-yilga nisbatan 22 foiz ko‘pdir.
Joriy yilda NNTlarni «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga keng jalb etish, jismonan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga oid loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida aholining, NNTlarning faolligini kuchaytirish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Jamoat fondi nizomiga muvofiq 3 milliard 250 million so‘m davlat subsidiyalarini ajratishga qaror qilindi.
Umuman olganda, 2015-yilda Jamoat fondi tomonidan davlat grantlari, ijtimoiy buyurtma, subsidiyalar doirasida moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishi ularda 200 dan ortiq NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtirokini ta’minlash imkonini beradi.