FRANSIYA RESPUBLIKASI ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Fransiya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jak-Anri Els bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Suhbat chog’ida ikki tomonlama o’zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlikning joriy holati, shuningdek, Toshkent shahrida o’tkaziladigan Hukumatlararo qo’shma komissiyaning navbatdagi yig’ilishi, “MEDEF” delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifi hamda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan amaliy hamkorlikni yo’lga qo’yish, Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan qo’shma loyihalarni amalga oshirish singari masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot: 2014-yilda ikki davlat o’rtasidagi tovar aylanmasi 287 million AQSH dollarini tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkich joriy yilning birinchi kvartalida o’tgan yilga nisabatan 7 foizga oshdi hamda 70 million AQSH dollariga teng bo’ldi. Hozirda O’zbekistonda fransuz sarmoyasi bilan sheriklikda tashkil qilingan 14 ta korxona faoliyat yuritmoqda hamda Fransiyadagi 10 ta yirik kompaniyalarning vakolatxonalari ochilgan.
“Jahon” AA