“FERGANA CUP - 2015”. YURTIMIZ SHARAFI MUNOSIB HIMOYA QILINAYOTIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ma’lumki, Farg’onada boshlangan tennis bo’yicha o’smirlar va qizlar o’rtasidagi “Fergana Cup - 2015” xalqaro turniri Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimidan joy olgan.
Mamlakatimizda tennisni yanada ommalashtirish, yosh sportchilarning tajribasi va mahoratini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada O’zbekiston, Hindiston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qozog’iston, Qirg’iziston kabi o’ndan ortiq mamlakatdan iste’dodli tennischilar ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro turnirning o’g’il bolalar o’rtasidagi bahslarida Humoyun Sultonov, Jasur Ahmedov, Damir Kudyakov, Timur Sottimov, qizlar o’rtasidagi bahslarda esa Kamola Umarova, Shaxsiya To’xtamatova, Sevil Yo’ldosheva yurtimiz sharafini munosib himoya qilishmoqda.
“Jahon” AA