Eng yaxshi g‘oya va tashabbuslar namoyishi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Nukusda o‘tkazilgan “Mening biznes g‘oyam” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 120 nafar o‘g‘il-qiz o‘z g‘oyalarini taqdim etdi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
– Mazkur tanlov kollej bitiruvchilarining mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topishi va biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yishida muhim ahamiyat kasb etayotir, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi huzuridagi “Yosh tadbirkor” maslahat markazi koordinatori Gavhar Rejepova. – Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 11 ming 900 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etdi. Ular orasidan eng saralari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘olibligi uchun bahslashmoqda.
Bitiruvchilarni tadbirkorlikka jalb etish va ish bilan ta’minlashda tijorat banklarining o‘rni beqiyos. Tadbir doirasida o‘tkazilgan seminar-treningda soha mutaxassislari tomonidan yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, biznes reja tuzish va bankdan kredit olish tartiblari bo‘yicha zarur ma’lumot va tavsiyalar berildi.
– Zamonaviy dizayndagi liboslar tikish bo‘yicha biznes rejam bilan qatnashib, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdim, – deydi Xo‘jayli tumanidan Mehribon Qalimbetova. – Uni amalga oshirsam, uch nafar tengdoshimni ish bilan ta’minlayman. Yoshlar uchun yaratilayotgan bunday keng sharoit va imkoniyatlar bizni yanada faol, izlanuvchan bo‘lishga, yoshlik shijoatimizni yurt ravnaqi yo‘lida safarbar etishga undaydi.
G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.