Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ENG MUHIMI – AHOLI SALOMATLIGI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ENG MUHIMI – AHOLI SALOMATLIGI

Mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, yuqori samarali va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori aholi salomatligini mustahkamlash, soha faoliyatini tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy jihatdan yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Ushbu hujjatda 2017-yilning 1-yanvaridan chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilishi belgilangan. Xorazm viloyatida ham mazkur qarorni hayotga tatbiq etish ishlari olib borilmoqda.

– Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Q.Quryozov. – Shunga qaramay, ayrim holatlarda dori-darmon vositalari narxi asossiz oshirilar, shuningdek, bir xil dori vositalarining narxlarida katta farq kuzatilar edi. Bu dorixonalarda dori-darmon vositalariga narx belgilash tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish zaruratini yuzaga keltirdi. Prezidentimizning mazkur qarori bu boradagi muammolarni hal etish va aholi salomatligini muhofaza qilish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada viloyatdagi barcha dorixona va tibbiyot muassasalari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibоt ishlari olib borilmoqda.

Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni tizimli asosda nazorat qilish uchun Respublika komissiyasi tomonidan tuzilgan eng muhim dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining barcha dorixonalar uchun majburiy yangilangan minimal ro‘yxati hamda shifokor retseptisiz beriladigan dori-darmon vositalari ro‘yxati har bir dorixonaning xaridorga qulay va ko‘rinarli bo‘lgan joyiga ilib qo‘yilmoqda.

– Ushbu qarorning hayotga tatbiq etilishi aholini arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan to‘liq ta’minlash, narx belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish imkonini beradi, – deydi Shovot tumanidagi “O‘tkir Nuriddinov” xususiy dorixonasi rahbari Sevara Yusupova. – Bularning barchasi xalqimizning sifatli, xavfsiz davolanishi, o‘z vaqtida salomatligini tiklashi uchun ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik ifodasidir.

O’zA